Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rustam Azimov: O‘zbekiston ShHT doirasida erkin savdo hududini tashkil etish taklifini ko‘rib chiqishga tayyor emas

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 614           Дата: 15-12-2015, 19:07          

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida erkin savdo hududini tashkil etish taklifini ko‘rib chiqishga tayyor emas. Bu haqda, “Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Xitoyning Chjenchjou shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov ma’lum qildi.

Foto: UZ24

Rustam Azimovning qayd etishicha, O‘zbekiston ShHT doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, ShHT mamlakatlari bozorlarida talabgir bo‘lgan sanoat mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni kengaytirish, o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlarni yaratish tarafdori va shu munosabat bilan “ShHTga a’zo mamlakatlar bojxona xizmatlarining 2016—2021-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi”ni samarali amalga oshirilishiga muhim e’tibor qaratadi.

“Ayni vaqtda, avval ta’kidlanganidek, O‘zbekiston ShHT doirasida erkin savdo hududini tashkil etish borasidagi masalani ishlab chiqish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor emasligini qayd etib o‘tishni istardim. Boz ustiga, munosabatlarning mazkur yo‘nalishi davlat rahbarlari tomonidan joriy yil iyul oyida Ufa sammitida tasdiqlangan ShHTning 2025-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasida ham nazarda tutilmagan”, — dedi Rustam Azimov.

O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining qayd etishicha, O‘zbekiston hamkorlikning strategik yo‘nalishi sifatida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, mintaqa mamlakatlarining ulkan tranzit salohiyatini mutlaq kengaytirishni ko‘rmoqda.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн