Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi ko‘p qavatli turar-joylar, mahalla va mavzelarda videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 702           Дата: 15-12-2015, 16:43          

Toshkent shahar hokimligida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimining joriy yilning 11-dekabrida imzolangan “Toshkent shahridagi ko‘p qavatli turar-joylar, mahalla va mavzelarda videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish ishlarini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 233-f farmoyishi haqida so‘z bordi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent. Foto: wikipedia.org

Mazkur farmoyish Toshkent shahar hokimining 2012-yil 4-apreldagi “Toshkent shahrida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi 277-sonli qarori hamda 2015-yil 9-oktabrdagi “Toshkent shahridagi noturar joy obyektlariga videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 181-f-sonli farmoyishining ijrosini to‘laqonli ta’minlash, ko‘p qavatli turar-joylarning umumfoydalanishdagi muhandislik tarmoqlarini, yerto‘la va chordoq qismlarini texnik soz holda saqlash, turli jinoiy unsurlarning harakatlariga chek qo‘yish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Toshkent shahrida mavjud ko‘p qavatli turar-joylarga, mahalla va mavzelarda tashqi videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish tavsiya etilmoqda. Videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish xizmati maxsus tashkil etiladigan korxona va tashkilotlar, Boshqaruv servis kompaniyalari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan har bir xonadon bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladi. Bino va inshootlarga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarida qayd etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqni muhofaza etuvchi idoralarni xabardor qilish va ular so‘roviga binoan elektron yozuvini taqdim etish bu xizmatni tashkil etuvchilar zimmasida bo‘ladi.

Mazkur farmoyishda tuman hokimliklariga Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda tuman hokimi birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida ishchi guruhlarini tuzish, tumanda videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish xizmatini ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarni aniqlash hamda ular tomonidan ko‘p qavatli uylarda, mahalla va mavzelarda videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish ishlarini tashkillashtirish, 10 kun muddatda tashqi videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish bo‘yicha aniq manzilli takliflarni shakllantirish, kameralarni joylashtirishda ko‘p qavatli uylarning kirish-chiqish hududlari, mahalla va mavzelarning yo‘l va yo‘laklari to‘liq qamrab olinishi e’tiborga olinishini ta’minlash va bu borada aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish topshirilgan. Videokuzatuv moslamalarining markazlashgan kuzatuv xonalari hudud profilaktika nozirlari xizmat xonalarida tashkil qilinadi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн