Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Pikasso”da farzandingiz bilan birga bolalik olamiga sayohat qiling!

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 165           Дата: 15-12-2015, 16:19          

Farzandingiz o‘z vaqtini kompyuter yoki televizor oldida o‘tkazmasdan, ijodkorlikni rivojlantiruvchi biror to‘garakka qatnab, hech bo‘lmaganda rasm chizishni o‘rganishini xohlaysiz, albatta. Ayni vaqtda, farzandingiz bilan yonma-yon tarzda bolalikning sehrli olamiga sayr qilib, ushalmagan bolalik orzularingizni ro‘yobga chiqarishingiz mumkin.

Foto: “Pikasso”

“Pikasso” art-studiyasi — har kunlik tuganmas tashvishlar va yechilmagan masalalarni bir chekkaga qo‘yib, qisqa fursatga bo‘lsa-da, bolalik dunyosiga qaytish imkonini beruvchi maskandir.

Foto: “Pikasso”

O‘qituvchi rahbarligidagi ikki soatlik mahorat mashg‘ulotlari davomida yorqin bo‘yoqlar olamiga sho‘ng‘ib, yoqimli ijodiy muhitda 50×40 santimetrlik matoga muallifi o‘zingiz bo‘lgan shedevrni tushirishingiz mumkin.

Foto: “Pikasso”

Issiq choy va shirinliklar ulashish bilan birga olib boriladigan mashg‘ulotlar davomida olingan ijobiy hissiyotlar quvvati esa xursandchiligingizni o‘z yaqinlaringiz bilan baham ko‘rishga va oilangiz davrasida haqiqiy bayramona kayfiyatni uyg‘otishga bemalol yetadi.

Foto: “Pikasso”

Bolakaylar esa, tanlangan suratga qarab, 40×30 yoki 35×35 santimetrli matolarga takrorlanmas tasviriy asarlarini muhrlaydi. Matoga rasm chizish bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlaridan tashqari, bolajonlar uchun tasviriy san’at to‘garagi ham faoliyat olib boradi.

Foto: “Pikasso”

“Pikasso” art-studiyasidagi tasviriy san’at to‘garagi rasm chizish (guash, akvarel, qalamlarda), applikatsiya (rang-barang qog‘oz yoki mato parchalarini biror narsaga yopishtirib yoki tikib naqsh, gul hosil qilish), kulolchilik va kvilling (metall va plastik materiallardan shakllar yasash) mashg‘ulotlarini o‘z ichiga olgan.

Foto: “Pikasso”

Studiya haqidagi qo‘shimcha ma’lumotni uning saytidan (www.picasso.uz) yoki (+99890)-989-25-77 telefon raqami orqali olish mumkin. “Pikasso” haqidagi fikrlar bilan esa nafaqat uning saytida, balki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ham tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн