Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Alisher Usmonov, Alina Kabayeva, Sevara Nazarxon va qo‘shni mamlakatlarda muvaffaqiyatga erishgan boshqa o‘zbekistonliklar

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 255           Дата: 14-12-2015, 16:51          

Bu insonlarni nafaqat muvaffaqiyat va mashhurlik, balki umumiy Vatan — O‘zbekiston ham bog‘lab turadi. “MakeBiz.uz” nashri asosan Rossiyada biznes, kino, televideniye va shou-biznes sohalarida katta muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklarni bir sahifaga jamladi.

Alisher Burhonovich Usmonov, 62 yoshda

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Namangan viloyati, Chust shahri.

Mehnat faoliyati: Tadbirkor, USM Holdings asoschisi.

Muvaffaqiyat siri: Bog‘lab bo‘lmaydigan narsalarni bog‘lay olish qobiliyati.

O‘zi haqida: Men ishonch va hissiyotga asoslanib mablag‘ beradigan inson emasman, men barcha kompaniyalarni yaxshilab o‘rganib chiqaman.

Pul haqida: Pul vijdonni o‘ldirmasligi kerak. Vijdonim bilan kelishib yashayman. Bu hayotimning asosiy maqsadidir.

Biznes haqida: Men har doim aytganman — o‘zim xohlamagan tarzda biznesmenga aylandim. Shaxsiy daromad men uchun asosiy maqsad emas. Turli nashrlar tomonidan tuziladigan reytinglar har qanday badavlat insonning haqiqiy holatini ko‘rsatib bera olmaydi. Gap raqamlarning xatoligida emas, insonning boyligi hayoti davomida o‘zi, yaqinlari va xayriyaga ajratadigan mablag‘lari bilan sarflab yuboriladi. Qolgan hammasi esa endi uniki emas. Investitsiyalarim yangi tashabbuslarga start berish, shuningdek, yirik xayriya va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. Katta ehtimol bilan, tez orada men o‘zimning eng asosiy tashkilotim sifatida “San’at va sport” xayriya jamg‘armasini ko‘rsatishni boshlayman.

Pattoh Qayumovich Shodiyev, 62 yoshda

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Jizzax.

Mehnat faoliyati: Qozog‘istondagi eng yirik tog‘-kon sanoati kompaniyasi — ENRC egalari va asoschilaridan biri. Homiy.

Muvaffaqiyat siri: Agar foyda, zarurat, istiqbol bo‘lsa, har qanday biznesni sotish mumkin.

Iskandar Qahramonovich Mahmudov, 51 yoshda

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Buxoro.

Mehnat faoliyati: Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi (UTMK) asoschisi va prezidenti.

Muvaffaqiyat siri: Mustaqillik va ehtiyotkorlik.

O‘zi haqida: “Qo‘rqish” so‘zi menga umuman yoqmaydi.

Pul haqida: Tobutda pul bilan yotgandan ko‘ra, xotinim va bolalarim bilan yashashni ma’qul ko‘rganman.

Biznes haqida: Biznesda hech kimdan qo‘rqmaslik kerak. Xavotirlanish kerak. Xususan, bizdan ham. Chunki xafa qilganlarni biz hech qachon unutmaymiz.

Lev Avnerovich Levayev, 59 yoshda

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Samarqand shahri.

Mehnat faoliyati: Lev Leviev Group xoldingi egasi va rahbari, Africa Israel Investments xoldingi egalaridan biri.

O‘zi haqida: Avlodlarimning har biriga, ular o‘zaro janjallashmasliklari va bir-birlaridan xafa bo‘lmasliklari uchun, bittadan biznes-saltanatni meros qilib qoldirishni istayman.

Ishi haqida: Men pul ishlab topishga majburman, chunki xayriya bilan shug‘ullanishim kerak.

Irina Viner, 67 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Samarqand shahri.

Mehnat faoliyati: Badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiy.

Muvaffaqiyat siri: O‘rtacha — hech qachon yetarli emas.

O‘zi haqida: Moliyaviy jihatdan mustaqilman, shu sababli istagan ishimni qila olaman, biroq bekorchilik bilan mashg‘ul bo‘lishni istamayman. O‘ylashimcha, erkinlik — o‘zimiz uchun tanlaydiganimiz zanjirning uzunligidir. Men qisqagina arqon tanlaganman, u meni to‘la qanoatlantiradi, nolimayman.

Alina Maratovna Kabayeva, 32 yoshda

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri.

Mehnat faoliyati: Jamoat va siyosat arbobi, “Milliy media guruh” xoldingi direktorlar kengashi raisi.

Muvaffaqiyat siri: O‘ziga bo‘lgan ishonch insonni muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Men mag‘lub bo‘lishni istamayman. Bugun g‘alaba qozona olmasman, biroq ertaga g‘olib chiqishimni aniq bilaman.

O‘zi haqida: Sharqona tarbiya olganimdan juda minnatdorman. Hatto eng kuchli va eng muvaffaqiyatli ayol ham bir narsani anglashi kerak: erkak — eng asosiysi.

Gimnastika haqida: Badiiy gimnastika — faqat tomoshabinlar bo‘ladigan joy emas. Bu yerda hakamlar, baholar, ya’ni, san’atdan ko‘ra ko‘proq sport bor.

Muxtorali Hasanboyevich — Maks Ibrohimov, 60 yoshda

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati, Birgalik qishlog‘i.

Mehnat faoliyati: Kaliningraddagi “MAKSIK” mebel fabrikasi asoschisi.

Muvaffaqiyat siri: Qoliplarni buz!

O‘zi haqida: Yerda yetti milliard odam yashaydi. Ularning olti milliardi mening o‘rnimda bo‘lishni istardi.

Ishi haqida: Ishchi ma’lum bir vaqt davomida beshta tirsakqo‘ygich tayyorlashi kerak. Agar u oltita tayyorlagan bo‘lsa, ularning birortasi nosoz yo nobop bo‘lishi ehtimoli katta. Agar to‘rtta tayyorlagan bo‘lsa, uni ishdan haydash kerak — chunki u navbatdagi smenadagilarning ishini og‘irlashtirdi. Beshta tayyorlasa — hammasi a’lo darajada! Kengayishning imkoni yo‘q — sifatni yo‘qotasan. Agar ko‘p divan ishlab chiqarishni xohlayotgan bo‘lsang, boshqa, iqtisodiy jihatdan samaraliroq viloyatda fabrika qurish kerak. Menga shu kerakmi? Baribir narigi dunyoga bitta bo‘lsa-da oromkursini olib keta olmasam. Afsus.

Pul haqida: Qachonlardir boylarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q edi. Inson qanday xohlasa, shunday yashashga haqli. Lekin vaqtning kamida 20 foizini ilohiy da’vatlarga mos ravishda o‘tkazmoq kerak.

Ilhom Ismoilov, 35 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Andijon.

Mehnat faoliyati: Palov yetkazib berish bo‘yicha “Plov.com” servisi asoschisi.

Muvaffaqiyat siri: Modomiki talab bor ekan, chiroyli taklif bilan chiqish kerak.

Ishi haqida: “Plov.com” palov yetkazib berish xizmatining birlamchi maqsadi — odamlarga quvonch va xursandchilik ulashishdir. Bu o‘ziga xos ijobiy bezorilik.

Dmitriy Vadimovich Xaratyan, 55 yoshda

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri.

Mehnat faoliyati: Teatr va kino aktyori.

Muvaffaqiyat siri: Men bilan sodir bo‘lgan voqealarning barchasi — shunchaki omad yoki tasodif.

O‘zi haqida: Men — idealistman.

Ishi haqida: Aksariyat e’tiborga molik rollarim — ijobiy qahramonlar. Menga ko‘pincha muhabbatga oshufta qahramonlarning rollarini taklif qilgan bo‘lishsa-da, ko‘p jihatdan xarakterli aktyorman. Biroq bu ampluada aniq bir yosh chegaralari bor, katta yoshli personajni esa jismoniy jihatdan tortolmayman. Lekin nolisam gunoh bo‘ladi. Kinoda turg‘unlik bo‘lgan davrda ham, men filmlarda suratga tushishda davom etganman. Menga har doim omad kulib boqqan.

Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshev, 41 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Kattaqo‘rg‘on (Samarqand viloyati).

Mehnat faoliyati: Teatr va kino aktyori, teatr rejissori, klipmeyker.

Muvaffaqiyat siri: O‘zingni o‘zing ko‘tar.

O‘zi haqida: Bu balandparvoz gapdek tuyular, biroq men haqiqiy vatanparvarman!

Pul haqida: Moddiy jihatdan boy emasman, biroq mening sevimli besh farzandim va go‘zal ayolim bor. Bu — hayotdagi eng asosiy yutuqlarimdir.

Ishi haqida: Klip boshidan tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga qaratishi kerak. Ijrochining so‘zlaridagi mazmun va hissiyotlarni yetkazib berish — klipning bosh maqsadi shu.

Nargiz Po‘latovna Zokirova, 44 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri.

Mehnat faoliyati: Xonanda.

Muvaffaqiyat siri: Ruhan tushkunlikka tushmaslik kerak.

O‘zi haqida: Men juda kamtar va uyatchan insonman. Bugun ega narsalarimga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘laman va o‘zim yashayotgan dunyoni asrashga harakat qilaman.

Ishi haqida: Har safar o‘zimga o‘zim: “Yanada yaxshiroq kuylashim mumkin edi”, — deb aytaman. Har holda bu: “Men yulduzman, har narsaga erishib bo‘ldim”, — degandan ko‘ra yaxshiroq. Agar shunday desam, ijodiy jihatdan o‘lgan bo‘laman.

Sevara Anvarjonovna Nazarxon, 38 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Andijon viloyati, Asaka shahri.

Mehnat faoliyati: Xonanda, mashshoq, bastakor.

Muvaffaqiyat siri: Do‘stlarim — mening xazinam.

O‘zi haqida: Propiskam Toshkentda ekanligini aytishni yaxshi ko‘raman. Bundan aqlbovar qilmas darajada faxrlanaman va bu yerdan hech qayoqqa ketmayman.

Ishi haqida: Men tomosha qo‘ymayman. Ko‘proq hikoya qilaman, musiqiy yo‘l bilan. Aynan shu narsa mening ruhimga yaqin. Bunda men o‘zimni topganman, bunda o‘zimni qulay his qilaman, shu bilan yashayman. Asosiysi, hammasini haqqoniy bo‘lishini xohlayman.

Oksana Vladimirovna Nechitaylo (Sogdiana), 31 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Navoiy viloyat, Zarafshon shahri.

Mehnat faoliyati: Xonanda, kino aktrisasi.

Muvaffaqiyat siri: Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi.

O‘zi haqida: Manmanlik va takabburlik — menga xos emas. Atrofimdagi hamma narsaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘laman.

Ishi haqida: Men rivojlanishda davom etishni, katta va kichik maqsadlarimga yetishni istayman. Divanda o‘tirish hammasidan ham oson, biroq hayot bir zumda o‘tib ketadi. Men esa orzuimni ro‘yobga chiqarishni — kuylash, kuylash va yana bir bor kuylashni istayman.

Ravshana Kurkova, 35 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri.

Mehnat faoliyati: Kino aktrisasi.

Muvaffaqiyat siri: Nima xohlayotganimni bilaman. Aynan shu narsa olg‘a harakat qilishimga yordam beradi.

O‘zi haqida: Men baxtli insonman, chunki haqiqatan ham sevgan ishim bilan shug‘ullanaman. Mening ustunligim — nozik ko‘rinish, past ovoz va ishonch bilan gapirishni qorishtira olganimdadir.

Ishi haqida: Har qanday ijodkor inson o‘zining “qulaylik hududi”dan tashqariga chiqishi shart… Har qanday sohasida muvaffaqiyatning 70 foiziga mehnat orqali erishiladi. Undan keyingi o‘rinda — nima qilish kerakligini aytadigan murabbiyga bo‘lgan sadoqat, uni tushunish va unga bo‘lgan ishonchdir.

Dilbar Fayziyeva, 25 yosh

Foto: “MakeBiz.uz”

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri.

Mehnat faoliyati: Jurnalist, teleboshlovchi.

Muvaffaqiyat siri: Barcha javoblar o‘zimizda bor, biroq kundalik “shovqinlar” ta’sirida ba’zan ularni eshitish qiyin bo‘ladi.

O‘zi haqida: Men introvertman. Qaror qabul qilish uchun tez-tez ichki olamimga “yo‘l olaman”.

Ishi haqida: Jonli efir — o‘ziga tortuvchi, hayajonli ish! Uni bir marta his qilganingdan so‘ng, boshqachasiga yasholmaysan. Shu bilan birga, u izchil tayyorgarlikni talab qiladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн