Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov Turkmaniston betarafligining 20 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 424           Дата: 13-12-2015, 10:00          

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmaniston betarafligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun 11—12-dekabr kunlari ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Foto: O‘zA

O‘zA yozishicha, tashrifning asosiy voqealari 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti xorijiy davlatlar rahbarlari bilan birga Betaraf Turkmaniston maydoniga tashrif buyurdi. Ushbu mamlakatning betarafligi timsoli bo‘lgan Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

1995-yil 12-dekabrda Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olingani to‘g‘risida BMT Bosh Assambleyasining rezolutsiyasi qabul qilingan.

Ushbu sananing 20 yilligi munosabati bilan Ashxobodda “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘ldi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

O‘zbekiston rahbari o‘zbek va turkman xalqining tarixi, tili, dini va an’analari bir, maqsadlari mushtarak ekanini alohida qayd etdi.

Mazkur konferensiya Turkmanistonning shu yillar davomida bosib o‘tgan yo‘lini tahlil etish, sarhisob qilish va mamlakatning bugungi taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritish imkonini beradi.

“Betaraflik maqomi nafaqat Turkmaniston xalqining uzoq muddatli manfaatlariga, balki mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini isbotlashning zarurati yo‘q, deb o‘ylayman”, — dedi Islom Karimov.

“Turkmanistonning doimiy ijobiy betaraflik maqomiga ega davlat sifatida zamonaviy rivojlanish davri bevosita Gurbanguli Berdimuhamedov nomi bilan bog‘liqdir. U Prezident lavozimida faoliyatini boshlagach, Turkmanistonning betaraflik maqomi sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyidi, — dedi prezident. — O‘zbekiston Turkmanistonning betarafligi bo‘yicha vazmin tashqi siyosat strategiyasini, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyalashuvi va barqaror rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslarini hamisha qo‘llab-quvvatlaydi”.

 


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031