Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Namanganda abituriyentlarni noqonuniy yo‘l bilan o‘qishga kiritish uchun uyushgan 32 “bunkerchi” qo‘lga olindi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 745           Дата: 12-12-2015, 18:34          

Namanganda abituriyentlarni viloyatdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish uchun “bunker” deb nomlangan maxsus joylarni tashkil etgan shaxslar guruhi hibsga olinib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Ma’lum bo‘lishicha, Pop tumanida istiqomat qiluvchi Otabek Valiyev abituriyentlarni noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritish maqsadida 2014-yilning iyun—iyul oylarida 32 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh tashkil qiladi. Guruh a’zolari orasida oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ham bo‘lgan.

Guruhi faoliyati uchun To‘raqo‘rg‘on tumani Sayram qishlog‘idagi bir xonadonda, Namangan shahrida ikki xonadonda “bunker”lar hozirlanadi, kerakli jihoz va kompyuter texnikalari bilan ta’minlanadi. Guruhga jalb etilgan o‘qituvchilar abituriyentlardan keladigan test savollariga javob berishga shay turishi kerak bo‘lgan.

Shundan so‘ng Otabek Valiyev o‘ziga murojaat qilgan 57 nafar abituriyentning har biridan to‘lov-kontrakt va davlat grantlari asosida Namangan Davlat universiteti va Namangan muhandislik texnologiya institutiga o‘qishga kiritish uchun 2,5 ming dollardan 6,5 ming dollargacha pul olishga kelishgan.

“Eng asosiysi, abituriyent Z.Rahimjonovaning otasi — uyushgan guruh a’zosi N.Topildiyevdan 4,7 ming, abituriyent M.Yuldashevaning akasidan 2,6 ming, B.Yashnarjonov, X.Rahmonov, D.Homidov, F.Asqarov, A.Ergashev, M.Ubaydullayev uchun O.Yuldashev orqali 5,2 ming, abituriyent Sh.Karimovdan 3 ming, Sh.Olimovning otasi Sh.Fozilovdan 3 ming, jami 18,5 ming dollarni qo‘lga kiritadi”, — deb yozadi gazeta.

Xabar berishlaricha, 2014-yil 1-avgust kuni Otabek Valiyev yetakchiligidagi jinoiy guruh tashkil etilgan “bunker”larda abituriyentlardan yuboriladigan test savollarini kutib turgan vaqtda, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi tomonidan 32 nafar sudlanuvchining barchasiga qonuniy jazo tayinlandi”, — deyiladi gazeta xabarida.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн