Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi TIV rahbari o‘rinbosarini qabul qildi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 402           Дата: 11-12-2015, 17:34          

2015-yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar Vaziri o‘rinbosari Kim Hon Kyunni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Suhbat davomida O‘zbekiston — Janubiy Koreya aloqalarini kengaytirishning bugungi holati va istiqbollari, “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik Forumi doirasidagi munosabatlarga oid masalalar muhokama qilindi.

Ikki davlat strategik sherikchiligining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish va rivojlantirish imkonini beruvchi oliy darajadagi muntazam o‘tkazilib turuvchi va serqirrali muloqot o‘zaro munosabatlarning markazida turishi ta’kidlandi.

Prezident Pak Kin Xening O‘zbekistonga 2014-yilgi va Prezident Islom Karimovning Koreya Respublikasiga 2015-yilgi davlat tashriflari yakunlariga ko‘ra 110 dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar, jumladan umumiy qiymati 9,5 milliard AQSh dollariga yaqin savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlik sohalaridagi shartnomalar imzolandi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kunning o‘zida Toshkent shahrida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning 12-raundi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati batafsil muhokama qilindi. Turli sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, O‘zbekiston Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy negizini kengaytirish bo‘yicha takliflar amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvlarda Koreya Respublikasi elchisi Li Uk Hon ishtirok etdi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн