Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qator mamlakatlarning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 574           Дата: 10-12-2015, 23:06          

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10-dekabr kuni Oqsaroyda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Eron Islom Respublikasi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Solih Ahmad al-Javarneh, Shtefan Klyotsli, Bahman Og‘araziy Do‘rmoniy, Kristofer Allan va Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyrondan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qilmoqda.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Prezident Islom Karimov mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat berishini ta’kidladi va ularning mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Iordaniya elchisi bilan suhbatda mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda o‘rnatilgan hamkorlikka yuksak baho berildi, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekani, bu ko‘p qirrali hamkorlikning mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanish imkonini berishi ta’kidlandi.

Elchi Solih Ahmad al-Javarneh Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchining samimiy salomi va ehtiromini yetkazdi, mamlakatimiz butun mintaqada muhim o‘rin tutishini va Iordaniya rahbariyati O‘zbekiston bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Shveytsariya Konfederatsiyasi elchisi Shtefan Klyotsli nafaqat tajribali diplomat, balki Markaziy Osiyoning ekologik muammolari bo‘yicha mutaxassis sifatida ham yaxshi ma’lum. U mamlakatimizda boshlayotgan faoliyatida Shveytsariya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy aloqalarni yanada kengaytirishga e’tibor qaratishini qayd etdi.

Shveytsariya Prezidenti Dide Burkxalterning o‘tgan yilning oxirida O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi samarali muzokaralar siyosiy muloqotni mustahkamlash, turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.

Mamlakatimizga yaqin qo‘shni va istiqbolli hamkor hisoblangan Eron bilan munosabatlar o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda mustahkamlanib bormoqda. Tomonlar, ayniqsa, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi aloqalarni izchil rivojlantirmoqda.

Elchi Bahman Og‘araziy Do‘rmoniy Eron va O‘zbekiston, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, davlatlararo bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda o‘zining bilim va diplomatik tajribasini ishga solishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaga dunyodagi kuchli siyosiy, iqtisodiy, gumanitar imkoniyatga ega, global va mintaqaviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata oladigan yetakchi davlatlardan biri sifatida qaraladi. Ayni paytda turli sohalarda aloqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish imkonini beradigan o‘zaro anglashuv va amaliy yondashuv O‘zbekiston – Britaniya hamkorligining asosini tashkil etadi.

Elchi Kristofer Allan Buyuk Britaniya rahbariyati O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanini va ushbu vazifani amalga oshirishda u bor kuch-g‘ayratini ishga solishini ta’kidladi.

Kuvayt Davlati elchisi bilan suhbat chog‘ida bugungi kunda ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. O‘zbekiston va Kuvayt turli sohalarda, jumladan, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2004-yil yanvarda Kuvaytga tashrifi va Kuvayt Amirining 2008-yil iyul oyida mamlakatimizga tashrifi o‘zaro munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tardi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish imkonini berdi.

Elchi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyron o‘zaro manfaatli munosabatlar bo‘yicha to‘plangan tajribani yanada boyitish, O‘zbekiston va Kuvayt manfaatlariga mos keladigan yangi qo‘shma loyihalarning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishni o‘zining asosiy vazifasi, deb bilishini ta’kidladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн