Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nazorat qiluvchi organlar faoliyati yangi usulda baholanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65           Дата: 29-11-2016, 02:07          
Nazorat qiluvchi organlar faoliyati yangi usulda baholanadi

O'zbekistonda nazorat qiluvchi organlar faoliyatiga baho berishda ular tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar, huquqiy choralar ko'rish soni hamda xo'jalik yurituvchi sub`yektlarning mulklarini davlat hisobiga musodara qilish holatlariga ko'ra baho berishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. «Xo'jalik yurituvchi sub`yektlar faoliyati ustidan davlat nazorati to'g'risida»gi qonunga shu mazmundagi tuzatishlar kiritish loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qo'yilgan.

Unga ko'ra, davlat nazorat organlarining ish samaradorligini quyidagi mezonlar orqali aniqlash taklif qilinmoqda:

Xo'jalik yurituvchi sub`yektlarning qonunchilik va boshqa me`yoriy hujjatlarga rioya qilishi samaradorligining oshishi, ularning tizimli ravishda qoidabuzarliklarga yo'l qo'ymasligi;

Xo'jalik yurituvchi sub`yektlarni tekshirish chog'ida aniqlangan xatolarni tuzatishga yo'naltirishlar soniga ko'ra;

Tekshiruvlar natijasida xo'jalik yurituvchi sub`yektlarni batamom yo'qotishga olib keluvchi hollarning oldi olinishiga binoan.

Bundan tashqari, qonunga «xo'jalik yurituvchi sub`yektlar orasida qoidabuzarliklarning oldini olish bo'yicha tadbirlar» tushunchasini kiritish ko'zda tutilgan.

O'tkazilayotgan tekshiruvlar natijalaridan kelib chiqqan holda, xo'jalik yurituvchi sub`yektlarning qonunchilik talablarini qasdsiz buzishlari sababini aniqlash bo'yicha tahlillar o'tkazishni yo'lga qo'yish ilgari surilmoqda.

Mazkur qonun va boshqa qator qonunchilik aktlariga tuzatishlar kiritish to'g'risidagi loyihalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 5 oktabrdagi qaroriga binoan tayyorlangan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031