Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta»si O'zbekistondagi saylov haqida maqola chop etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 45           Дата: 29-11-2016, 01:45          
Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta»si O'zbekistondagi saylov haqida maqola chop etdi
Фото: ЎзА

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashrida Viktoriya Panfilova muallifligi ostida O'zbekistonda o'tkaziladigan prezidentlik sayloviga bag'ishlangan maqola e`lon qilindi. U «Respublikada ko'ppartiyaviylik zamon talabi va xalq irodasiga aylandi» deb nomlanadi. Mazkur maqola gazetaning joriy yil 28 noyabr sanasidagi sonida e`lon qilingan.

Unda, jumladan, shunday deyiladi:

“O'zbekistonda 4 dekabr kuni prezidentlik saylovi bo'lib o'tadi. Ushbu lavozim uchun mamlakatdagi to'rtta siyosiy partiyadan nomzodlar qatnashmoqda. Bular O'zbekiston xalq demokratik partiyasi (O'zXDP), «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O'zLiDeP). Ijtimoiy so'rovda qatnashgan 95 foiz fuqaro O'zbekiston rahbari uchun o'tadigan saylovni muhim ijtimoiy-siyosiy voqea, deb hisoblaydi.

O'zbekistondagi mazkur saylov muddatidan oldin o'tkazilmoqda. O'zbekiston xalqi og'ir judolikka uchradi – birinchi prezident Islom Karimov olamdan o'tdi. Ammo jamiyatni isloh etish va hukumat barqarorligini ta`minlash strategiyasi saqlab qolindi. Asosiysi, mamlakat fuqarolarining fikricha, O'zbekistonda tinchlik va xotirjamlikning bo'lishidir. Saylov haqida ijtimoiy so'rovda ishtirok etgan mamlakat fuqarolarining 41,2 foizi ana shunday javob qaytargan. So'rovda qatnashganlarning 95 foizi saylovda, albatta, qatnashishini ta`kidlab o'tgan. Ular orasidan 41,3 foizi buni «fuqarolik burchi», deya e`tirof etgan. 31,8 foiz fuqaro esa saylovlarda qatnashish mamlakat kelajagi uchun mas`uliyat ifodasi, deb hisoblamoqda. 21,3 foiz fuqaro uchun esa saylov o'z fikrini bildirish va munosib nomzodni tanlash imkoniyatidir”.

Maqolada ta`kidlanishicha, “2016 yilda o'tadigan saylov kampaniyasi prezidentlikka nomzodlarning raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi. Prezident saylovi jarayoni bilan bog'liq qator qonunlar kuchga kiritilgan. Bularga «O'zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to'g'risida», «O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida» va boshqalarni bunga misol qilish mumkin. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolarning saylov huquqlariga to'la rioya etilishiga, saylovlarda saylovchilarning erkin ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga, saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar va nomzodlarga adolat tamoyillariga asoslangan holda teng va keng imkoniyatlar yaratib berishga, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikka yo'naltirilgan”.

“Barcha saylov kampaniyalari ommaviy oshkoralik tizimi asosida o'tkazilmoqda. Har bir saylovchi saylov okruglari va uchastkalari, saylov komissiyasi tarkibi va komissiya ishlash vaqti, ovoz berish hamda saylov to'g'risidagi ma`lumotlarni izlash, qabul qilish va tarqatish huquqiga ega”, deyiladi «Nezavisimaya gazeta» chop etgan maqolada.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн