Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yagona portal orqali murojaatlarni “ERI”siz yo'llash mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35           Дата: 26-11-2016, 23:54          
Yagona portal orqali murojaatlarni “ERI”siz yo'llash mumkin
Скриншот: PM.gov.uz

O'zbekistonda mamlakat fuqarolariga Yagona portal orqali o'z murojaatlarini elekron raqamli imzo (ERI)siz yuborish uchun imkoniyat yaratildi. O'zbekiston Bosh vazirining Virtual qabulxonasi orqali fuqarolarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan davlat va xo'jalik, mahalliy davlat boshqaruvi organlariga murojaat yuborishda elektron raqamli imzo (ERI)ning mavjud bo'lishi shartligini bekor qilish to'g'risidagi iltimoslari inobatga olinib, shuningdek, Yagona portal faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini Yagona portal orqali ERIsiz qabul qilish bo'yicha qaror qabul qilindideb xabar qilmoqda Yagona portal matbuot xizmati.

Natijada, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari Yagona portal orqali istalgan davlat idorasiga “ERI”siz to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish imkoniga ega bo'ldilar. Mazkur qulaylik murojaatlarni uzatish va ko'rib chiqish tartibining soddalashishiga ham xizmat qiladi.

Shuni ta`kidlash lozimki, Yagona portal vositasida fuqarolar elektron raqamli imzoga ega bo'lmasdan turib ham davlat tashkilotlari rahbarlarining qabuliga onlayn yozilishlari mumkin edi.

Fuqarolarga Yagona portal bilan ishlashni yengillashtirish va unga kirish imkoniyatini kengaytirish uchun portalda foydalanuvchi bir necha qulay usullarda ro'yxatdan o'ta oladi. Jumladan, foydalanuvchi portalning o'zidagi tizim orqali, www.id.uz hamda Uzcard tizimlari orqali portalga kirishi mumkin.

O'zbekiston fuqarolari muayyan muammo-masala yuzasidan murojaat yuborishda www.pm.gov.uz va www.my.gov.uz kabi asosiy elektron vositalar bilan birga, vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlari qoshida faoliyati tashkil etilayotgan davlat organlari rahbarlarining shaxsiy virtual qabulxonalaridan ham foydalanishlari mumkin. Mazkur usulda yo'llangan murojaatlarning ko'rib chiqilishi ham muddat, ham sifat jihatidan yuqoridagilarniki bilan bir xil bo'lishi belgilangan.

Davlat rahbariyati, vazirlik, idoralar rahbarlariga bevosita murojaat qilishning vositalarini kengaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan mazkur tadbirlar O'zbekistonning barcha fuqarolari uchun hukumatning yanada ochiq va qulay bo'lishiga zamin yaratadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031