Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistondagi saylov kampaniyasini yoritish uchun 1 300 nafardan ziyod OAV xodimi akkreditatsiyadan o'tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35           Дата: 27-11-2016, 00:04          
O'zbekistondagi saylov kampaniyasini yoritish uchun 1 300 nafardan ziyod OAV xodimi akkreditatsiyadan o'tkazildi
Фото: Elections.uz

25 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo'lib o'tdi. Videokonferentsaloqa shaklida o'tkazilgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a`zolari, siyosiy partiyalar vakillari, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.

Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti joriy monitoringining dastlabki natijalari muhokama qilindi.

Yig'ilishda saylov qonunchiligiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalangan holda saylovoldi tashviqotini olib borishda teng sharoitlar ta`minlanayotgani alohida ta`kidlandi. Nomzodlar joriy yilning 28 oktabridan boshlab mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha o'z g'oya va qarashlari, taklif va tashabbuslari aks etgan saylovoldi dasturlarini saylovchilar, umuman, keng jamoatchilikka yetkazishga yo'naltirilgan keng ko'lamli tashviqot tadbirlarini olib bormoqda. Prezidentlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari barcha saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilmoqda.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi a`zolari ovoz berishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish masalalarini ko'rib chiqdi. Ta`kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida barcha bo'g'indagi saylov komissiyalari tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta`minlashga qaratilgan katta ish olib borildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish uchun saylov uchastkalari, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkasi tuzildi. Ular ovoz berishni o'tkazish uchun barcha zarur jihozlar bilan ta`minlangan. Har bir saylov uchastkasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar haqida axborot mavjud. Uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Tele- va radiokanallarda saylov sanasi haqida axborot roliklari, muddatidan oldin ovoz berish, saylov kuni ovoz berish va saylov byulletenini to'ldirish tartibi, shuningdek, uchastka saylov komissiyalarining saylov kunidagi faoliyati haqida ko'rsatuv va videoroliklar efirga uzatilmoqda.

Hozir saylov kuni o'z yashash joyida bo'lish imkoniyati bo'lmagan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Majlisda xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarni, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish masalasi ham ko'rib chiqildi. Bugungi kunga qadar saylov kampaniyasini yoritish uchun Markaziy saylov komissiyasi va okrug saylov komissiyalari tomonidan yurtimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 300 dan ziyod xodimi akkreditatsiyadan o'tkazildi. Ularni zarur axborot materiallari bilan ta`minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazi, okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari faoliyat yuritmoqda, matbuot anjumanlari, brifing va seminarlar o'tkazilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031