Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent halqa yo'li bo'ylab elektrichka harakati yo'lga qo'yiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59           Дата: 26-11-2016, 05:57          
Toshkent halqa yo'li bo'ylab elektrichka harakati yo'lga qo'yiladi
Фото: Kun.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to'liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan.

Jamoat transportini rivojlantirish masalalari. Poytaxtimizda jamoat transportidan foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb bo'lib qolmoqda.

Bu borada avtobus, metro va boshqa turdagi jamoat transportlarining faoliyatini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, kelgusi 5 yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard so'm bo'lgan 4 ta loyihani amalga oshirish ko'zda tutilmoqda.

Shaharda serqatnov, tirband hududlar bo'yicha 80 ta yangi avtobus yo'nalishi tashkil etiladi. Har yili katta va o'rta sig'imdagi 100 ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy byudjyet hisobidan 335 milliard so'm mablag' yo'naltiriladi.

Yengil avtomobil haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida shaharning Mirzo Ulug'bek, Sirg'ali va Yashnobod tumanlarida 4 ta ko'p qavatli avtogarajlarni qurish ishlari boshlab yuborildi. Shunday garajlarni barpo etish maqsadida kelgusi 5 yilda yana 84 ta loyiha amalga oshiriladi.

Misol uchun, Sirg'ali tumanining “Sirg'ali-6” mavzesida joylashgan 400 ta avtomobilga mo'ljallangan ko'p qavatli avtogaraj qurilishiga jami 7,5 milliard so'm mablag' sarflanib, u 2017 yilda ishga tushiriladi.

Toshkent metrosi qurilishini davom ettirish yuzasidan 2017-2020 yillarda umumiy qiymati 295 million dollar davlat byudjyeti, O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobidan uzunligi 10 kilometrdan iborat 8 ta stansiyani o'z ichiga olgan 2 ta loyihani ishlab chiqish ta`minlanadi.

Shaharning halqa yo'li bo'ylab uzunligi 66,3 kilometr bo'lgan temir yo'l transport vositasini – ya`ni, elektrichkani yo'lga qo'yish bilan bog'liq loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihani 2017-2030 yillarda amalga oshirish uchun davlat byudjyeti va mahalliy byudjyetlar hisobidan 189 million dollar mablag' yo'naltiriladi.

Toshkent shahri aeroportida 2019-2020 yillarda yangi xalqaro terminal qurilishi amalga oshiriladi. Buning uchun davlat byudjyeti, O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hisobidan 336 million dollar mablag' yo'naltiriladi.

Yo'l va yo'l o'tkazgichlar tarmoqlarini rivojlantirish masalalari.

So'nggi vaqtda yangi keng avtomobil yo'llari va ko'priklar, chorrahalar barpo etilgani poytaxtimiz yo'llarida qatnovni bir maromda ta`minlash imkonini bermoqda.

Birinchi Prezidentimizning bu masalaga hamisha katta e`tibor qaratib kelganliklarining boisini bugun yanada chuqur tushunib yetyapmiz. Ayni vaqtda bu borada vaziyat murakkabligicha saqlanib kelayotganiga hammamiz guvoh bo'lyapmiz.

Istiqbolda transport kommunikatsiya tarmoqlari, chorrahalarni takomillashtirish, yo'llarni qurish va rekonstruksiya qilishning puxta o'ylangan strategiyasini belgilash bilan bog'liq maxsus Hukumat qarori tayyorlanishi kerak, deb hisoblayman.

Ushbu hujjatda shahar aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish, tobora ko'payib borayotgan transport oqimini oqilona boshqarish, aholiga transport xizmatlari ko'rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan kelgusi 5 yilda umumiy qiymati 1 trillion so'm, uzunligi 529 kilometr bo'lgan loyihalarni amalga oshirish bilan bog'liq barcha tashkiliy va moliyalashtirish bilan bog'liq masalalar albatta o'z yechimini topishi kerak.

Jumladan, shaharda 2017-2018 yillarda respublika yo'l jamg'armasi hisobidan umumiy qiymati 84 milliard so'm, uzunligi 32,2 kilometrdan ziyod bo'lgan “Kichik halqa yo'li” barpo etilishi, rekonstruksiya qilinishi va ta`mirlanishi belgilangan.

Yaqin besh yilda davlat byudjyeti va respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari hisobidan umumiy qiymati 916 milliard so'm bo'lgan 12 ta yangi ko'prik quriladi, umumiy foydalanishdagi 68 kilometrdan ortiq yo'l quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Hozirgi vaqtda respublika yo'l jamg'armasi hisobidan Yunusobod va Mirzo Ulug'bek tumanlarida Bo'zsuv kanali orqali 400 metr uzunlikdagi va 6 ta polosali, umumiy qiymati 38 milliard so'm bo'lgan ko'prik qurilishi boshlab yuborildi va u kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.

Chilonzor tumanida Bunyodkor va Muqimiy ko'chalari kesishgan joyda umumiy qiymati 42 milliard so'm bo'lgan transport bog'lamasini davlat byudjyeti hisobidan barpo etish boshlanadi. Bu inshoot ko'prik, piyodalar o'tish joyi va olti polosali zamonaviy avtomagistralni o'z ichiga oladi.

Sirg'ali tumanida 2017 yilda respublika yo'l jamg'armasi hisobidan umumiy qiymati 79 milliard so'm, uzunligi 10 kilometr bo'lgan 6 polosali Qipchoq ko'chasi rekonstruksiya qilinadi. Bu ko'cha bo'ylab temir yo'l ustidan yangi ko'prik barpo etilishi ham ko'zda tutilmoqda. Bundan tashqari, 2017 yilda respublika yo'l jamg'armasi hisobidan umumiy qiymati 42 milliard so'm, uzunligi 5 kilometr bo'lgan 6 polosali loyihaviy yangi ko'cha barpo etiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн