Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda 1 milliard dollar evaziga biznes markazi quriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 69           Дата: 26-11-2016, 05:44          
Toshkentda 1 milliard dollar evaziga biznes markazi quriladi
Фото: Meros.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to'liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan.

Shavkat Mirziyoyev shaharni rivojlantirish bo'yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini, unda asosiy e`tibor yangi ish o'rinlari yaratish hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilishini ma`lum qildi.

Xususan, 2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag' ajratiladigan «Toshkent Siti» biznes markazi qurilishi boshlanadi.

«Toshkent shahrining eski shahar qismidagi Zarqaynar mahallasi ko'chalarida dunyoning boshqa ko'plab mamlakatlaridagi kabi, xususiy tadbirkorlarning faoliyati va milliy me`morchilik namunalari asosida “Eski Toshkent” nomli tarixiy-madaniy va dam olish markazini tashkil etamiz.

Bu, bir tomondan, shu hududda yashaydigan aholi uchun o'z biznesini tashkil qilishga va yangi ish o'rinlarini yaratishga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, chet ellik mehmonlar orasida bizning an`ana va urf-odatlarimizni targ'ib etishga xizmat qiladi.

Ushbu markazdagi ob`yektlarning qurilishi xususiy tadbirkorlar tomonidan Milliy bankning imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda moliyalashtiriladi.

Shuningdek, 2017 yilda biz tadbirkorlar va tijorat banklarining jami 1 milliard dollargacha bo'lgan mablag'lari hisobiga “O'qchi Olmazor” massivida umumiy maydoni 70 gektar bo'lgan “Toshkent Siti” ishbilarmonlik hududini bosqichma-bosqich qurilishini boshlaymiz», degan Shavkat Mirziyoyev.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн