Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O'zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35           Дата: 24-11-2016, 23:03          
“O'zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda
Фото: Uzpsb.uz

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo'jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so'zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to'g'risida”gi 366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida “O'zsanoatqurilishbank” ATB tizimida biq qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 28 oktabr kunidan boshlab Bankning rasmiy www.uzpsb.uz veb-saytida hamda raisga.murojaat@uzpsb.uz elektron manzilda o'zbek va rus tillarida Bank Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi tashkil etildi.

“O'zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda
Skrinshot: Uzpsb.uz

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar bank faoliyatiga doir hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat va takliflar bilan qulay va zamonaviy usulda Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasiga elektron tarzda murojaat yuborishlari mumkin.

Bundan tashqari, Bankning 120-45-01 raqamli “Ishonch telefoni” orqali og'zaki murojaatlar qabul qilinib, mijozlarning umumiy savollari bo'yicha tunu kun ishlaydigan 200-43-43 raqamli Call markaz ham faoliyat yuritmoqda.

Bank Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasiga yuborilayotgan barcha murojaatlar kelib tushgan zahoti ijro uchun qabul qilinib, amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida ko'rib chiqilishi va murojaat muallifiga javob xati yuborilishi shaxsan Boshqaruv Raisining nazoratiga olingan.

Hurmatli mijozlar! Sizning murojaatingiz qisqa muddatda va sifatli ko'rib chiqilishi kafolatlanadi.

Azizxon Nodirov,
“O'zsanoatqurilishbank” ATB
Kotibiyati mudiri o'rinbosari v.v.b

Reklama huquqi asosida

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн