Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning iqtisodiy qudratini mustahkamlash haqida so'z yuritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 32           Дата: 24-11-2016, 22:52          
Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning iqtisodiy qudratini mustahkamlash haqida so'z yuritdi
Фото: ЎзЛиДеП

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili A.Hojiboyev ochdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o'z saylovoldi dasturi yuzasidan ma`ruza qildi.

Toshkent shahri zamonaviy qiyofasi, yirik sanoat korxonalari, muhtasham inshootlari, ilm-fan markazlari, so'lim bog' va xiyobonlari bilan dunyoga mashhur. Toshkent mamlakatimizning asosiy intellektual markazi, xalqimizning faxri hisoblanadi. Poytaxtimizda 324 maktab, 122 kasb-hunar kolleji va akademik litsey, 39 oliy o'quv yurti, 47 ilmiy-tadqiqot muassasa va markazlari faoliyat ko'rsatmoqda. 13 teatr, konsert zallari, O'zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi ishlab turibdi. "O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi, Ma`rifat markazi va boshqa ko'plab inshootlar shahar ko'rkiga ko'rk qo'shib turibdi.

Nomzodning dasturida mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yangi bosqichga ko'tarishning ustuvor yo'nalishlari belgilab berilgan. Sanoatni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish hisobidan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, O'zbekistonning iqtisodiy qudratini mustahkamlash va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, mahalliy byudjyetlar daromadini ko'paytirish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratilgan.

Aholi bandligini ta`minlash, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, sud-huquq tizimini isloh etish, xorijiy davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim masalalar qamrab olingan.

Uchrashuvda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar poytaxtimiz salohiyatini yuksaltirish, aholi hayot farovonligini muttasil oshirishda asosiy omil bo'layotgani ta`kidlandi. Poytaxtimizda tibbiy va kommunal, transport xizmatlari ko'rsatish tizimini takomillashtirish, aholining madaniy dam olishi uchun keng sharoitlar yaratish, aholini shinam va arzon uy-joylar bilan ta`minlashga alohida e`tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Uchrashuv videokonferensiya shaklida o'tkazildi. Toshkentning barcha tumanlaridan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031