Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Saylov kampaniyasi oshkoralik va tenglik muhitida o'tmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47           Дата: 23-11-2016, 09:47          
Saylov kampaniyasi oshkoralik va tenglik muhitida o'tmoqda
Фото: ЎзА

Joriy yil 4 dekabr kuni o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari viloyatlarda bo'lib, ushbu siyosiy tadbirga ko'rilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda.

O'zA muxbiri Farg'ona viloyatiga kelgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchisi Evgeniy Kozyak bilan suhbatlashdi.

– 11-Farg'ona okrug saylov komissiyasida, Farg'ona shahridagi 673-, 693-, 699-, 729-saylov uchastkalarida bo'ldim. Saylov uchastkalari qanday tashkil etilgani, ularning saylov jarayoniga tayyorgarlik holati, mazkur jarayonda ilk bor qatnashayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni o'rganib chiqdim. Saylovchilar ro'yxati ko'zga ko'rinadigan joyga ilib qo'yilgan. Ona va bola, tibbiyot xonalaridagi sharoitlar tahsinga loyiq. Yevropaning qator mamlakatlaridagi saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Lekin ularda bunday sharoitlarni ko'rganim yo'q. O'zbekistonning bu tajribasidan xalqaro miqyosda keng foydalanish kerak, deb o'ylayman, dedi Ye.Kozyak. Mamlakatingizda fuqarolarning saylov huquqini ta`minlash maqsadida xalqaro talablarga to'la javob beradigan mustahkam tizim yaratilgan. Barcha sohalarni izchil demokratlashtirish doirasida milliy saylov qonunchiligi ham takomillashtirilmoqda. Jamiyatni erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar odamlar dunyoqarashini, turmush darajasini yuksaltirmoqda, ularning ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.

O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida ulkan ishlar amalga oshirilgan. O'zbekiston tanlagan taraqqiyot yo'li to'g'ri va samarali ekanini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Sanoat, qurilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, avtomobil va temir yo'l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirish kabi ko'plab sohalarda salmoqli natijalarga erishilayotgani diqqatga sazovor. Bularning barchasi mamlakatingizda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, aholi farovonligini oshirish bo'yicha samarali ishlar olib borilayotganidan dalolatdir.

O'zbekiston milliy saylov qonunchiligi bilan yaxshi tanishman. Farg'onada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonini kuzatar ekanman, barcha ishlar qonunda belgilangan tartibda, ochiqlik va tenglik asosida tashkil etilayotganini alohida ta`kidlamoqchiman.

Puxta tayyorgarlik – har qanday siyosiy tadbir, ayniqsa, demokratiya ko'zgusi bo'lgan saylovlarning muvaffaqiyatli o'tishida asosiy omil hisoblanadi. Bu jarayonda uchastka saylov komissiyalari zimmasidagi mas`uliyat katta. Ularning huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilikdagi o'zgarishlar bilan tanishtirish borasida tashkil etilayotgan seminar-treninglar ham muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etish kerak.

Qisqacha aytganda, saylovga tayyorgarlik ishlari barcha norma va standartlarga muvofiq tashkil etilgan, saylov uchastkalari zarur texnika vositalari bilan jihozlangan, Markaziy saylov komissiyasi xodimlari, okrug va uchastka saylov komissiyalari a`zolari faoliyati samarali yo'lga qo'yilgan. Saylov kampaniyasi tenglik va sog'lom raqobat muhitida o'tmoqda. Bo'lajak saylov O'zbekiston xalqi bu siyosiy jarayonga mas`uliyat bilan yondashishini, Vatan taqdiri va kelajagi uchun befarq emasligini namoyish etishiga ishonaman.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031