Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyatida bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 148           Дата: 21-11-2016, 19:26          
O'zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyatida bo'ldi

Buxoro viloyati hokim o'rinbosari Fazliddin Atoyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyatida (Rossiya) bo'ldi. Bu haqida Uzdaily nashri xabar berdi.

Tashrif davomida O'zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyati gubernator birinchi o'rinbosari Yuriy Petuxov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mintaqa o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Yuriy Petuxov Novosibirsk viloyati O'zbekistonni qadrdon qo'shni va ishonchli hamkor sifatida ko'rishini ta`kidladi. "Ishonchim komilki, bizning ikki tomonlama hamkorligimiz uzoq muddatli va o'zaro manfaatli bo'ladi", - qo'shimcha qildi u.

O'z navbatida, Fazliddin Atoyev O'zbekiston va Novosibirsk viloyatining iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda ijobiy istiqbollar mavjudligini qayd etdi. U tomonlar to'qimachilik sanoati va sayyohlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishlari mumkinligini ta`kidladi.

Uchrashuv davomida ikki tomon hamkorlikning keyingi istiqbollari bo'yicha fikr almashishdi. Yaqin kunlarda mazkur uchrashuv samarasi sifatida hamkorlikka doir bitimlar imzolanishi mumkinligini aytishdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930