Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samarqandning qator hududlarida issiqlik ta`minoti qayta tiklanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71           Дата: 20-11-2016, 14:20          
Samarqandning qator hududlarida issiqlik ta`minoti qayta tiklanadi
Фото: «Зелёний город»

Joriy yilda Samarqand shahrining bir qator hududlarida bir necha yillardan buyon to'xtab qolgan issiqlik ta`minoti qayta tiklandi. Zarafshon nashrida yozilishicha, yana 570 xonadonga issiqlik yetkazilishi rejalashtirilgan.

«Qiymati 600 million so'mlik zamonaviy 4ta lokal qozonxona qurib bitkazilishi natijasida shaharning Sartepa, Sug'diyona, Marhabo hududlari va Kimyogarlar shaharchasidagi 13ta ko'p qavatli uylarda joylashgan 570ta xonadonga issiqlik yetib boradi», — deyilgan xabarda.

Xabarda ta`kidlanishicha, ushbu loyiha «Samarqand shahrida 2016-2017 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish dasturi»ga muvofiq bajarilmoqda.

Zamonaviy qozonxonalarning har biri 600 kVt quvvatga ega bo'lib, oldingilariga qaraganda energiya bir necha baravarga tejalishi bilan ajralib turadi. Uskunalar «Chirchiq teplodar servis» mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o'rnatib berilmoqda.

«Barcha qurilish-montaj ishlari shu yilning 15 noyabriga qadar tugatilib, shu sanadan boshlab aholiga issiqlik ta`minoti yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat qish mavsumida aholiga issiqlik bo'yicha qulaylik yaratadi, balki tabiiy gaz, ayniqsa, elektr energiyasining bir necha baravar tejalishiga, har yili uchraydigan elektr uzatish, taqsimlash uskunalarining zo'riqishi oqibatida yuzaga keladigan uzilishlarning oldini oladi. Aholi kommunal sohadagi barcha xizmatlardan muammosiz bahramand bo'lishiga zamin yaratiladi», – degan Samarqand shahar hokimligi bosh mutaxassisi Feruz Najmiddinov.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031