Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Prezident saylovi mustaqil O'zbekiston tarixida yangi davrni boshlab beradi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 54           Дата: 20-11-2016, 03:29          
“Prezident saylovi mustaqil O'zbekiston tarixida yangi davrni boshlab beradi”

O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Prezident saylovi xalqaro hamjamiyatning jiddiy e`tiborini tortmoqda. Ushbu siyosiy tadbir munosabati bilan xorijiy davlatlarning atoqli vakillari mamlakatimizning turli sohalarda, jumladan, saylov tizimini takomillashtirish borasida erishgan muvaffaqiyatlari haqida o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashmoqdalar.

Ekxard Priller, Matsenatning fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti direktori (Germaniya):

- Men mamlakatingizda bo'lib o'tgan prezident va parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi bo'lib bir necha bor qatnashganman. Ulardagi ishtirokim davomida to'plagan tajribamdan kelib chiqib, shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, O'zbekiston saylov tizimi zamonaviy xalqaro andozalarga to'la mos keladi. Bu mamlakat rahbariyati tomonidan huquqiy demokratik davlatni barpo etish borasida izchil olib borilgan siyosatning natijasidir.

O'zbekistonda dekabr oyida bo'lib o'tadigan Prezident saylovi jarayonlarini kuzatishim menga bugun mamlakatda siyosiy partiyalarning faolligi yanada yorqin namoyon bo'lmoqda, deyish imkonini beradi. Bunga barcha siyosiy partiyalar nomzodlarining saylovchilar bilan yaqindan suhbat qurayotgani bilan ajralib turgan jonli saylovoldi kampaniyasi misol bo'la oladi. Shu bilan birga, saylov jarayonlarida demokratiyani va tenglik tamoyillarini ta`minlash maqsadida ularga bir xil imkoniyatlar berilgan. O'zbekistonning bu tajribasi dunyoning ko'plab mamlakatlari uchun namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Shubhasiz, bo'lib o'tadigan saylov aholining fuqarolik faolligini yana bir bor namoyish etadi. Men ham mamlakatingiz xalqining ko'pchiligi O'zbekistonda islohotlar, tinchlik, barqarorlik va rivojlanishning davom etishi uchun ovoz berishlariga ishonaman.

Dimitrios Bakolas, European Profiles S.A. kompaniyasi prezidenti, “Gretsiya-O'zbekiston” do'stlik jamiyati raisi:

- O'zbekiston demokratiyaning oliy andozalariga intilgan holda o'z siyosiy tizimini takomillashtirishda davom etmoqda.

Kompaniyamiz ko'p yillar davomida O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqining turli dastur va loyihalarida hamkorlik qilib kelmoqda. Men mamlakatingiz barqaror demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda barcha ilg'or xalqaro me`yorlarga amal qilgan holda rivojlanayotgani va zamon bilan hamqadam borayotganining guvohi bo'ldim. Dunyoning ko'plab davlatlari iqtisodiy inqiroz ta`sirini boshidan o'tkazayotgan bir davrda O'zbekistonda iqtisodiyotning o'sish sur`atini kuzatish mumkin.

Mamlakatingizda ilgari o'tkazilgan saylov kampaniyalari davomida to'plangan tajribani inobatga olib, men Prezident saylovining ochiqlik, adolat va shaffoflik tamoyillariga muvofiq holda o'tkazilishiga hamda bu O'zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishi yo'lida muhim qadam bo'lishiga ishonaman.

Gunars Kutris, Latviya Seymi kotibining o'rinbosari, parlament kengashi a`zosi:

- O'zbekistonga xuddi avvalgisidek muhim siyosiy voqea - Prezident saylovida qatnashish uchun yana borish men uchun sharaflidir. Zero, mamlakatingiz yuksak marralarga erishish uchun borayotgan yo'l bo'lib o'tadigan saylov yakunlariga bog`liq.

Mustaqillik yillarida erishilgan barqarorlik va yuqori ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar mamlakatda fuqarolarning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan demokratik islohotlar natijalarining yorqin ko'rinishi bo'ldi.

Davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini, so'z va axborot erkinligini ta`minlashda konstitutsiyaviy me`yorlarni mustahkamlash, saylov tizimi va fuqarolik institutlarining rivojlanishi masalalari borasidagi O'zbekistonning tajribasi meni o'ziga jalb etadi.

Li Ji Yon xonim, Xanguk chet tillar universiteti “Markaziy Osiyo” kafedrasining mudiri (Koreya Respublikasi):

- Bo'lib o'tadigan Prezident saylovini, eng avvalo, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sari navbatdagi odim sifatida ko'rib chiqish kerak. Bu siyosiy tadbir mustaqil O'zbekiston tarixida yangi davrni boshlab beradi.

Men aminmanki, saylovda kim g'olib bo'lishidan qat`i nazar, u xalqining farovonligi va mamlakatining rivojlanishi uchun o'z vakolati doirasidagi barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

Shuningdek, men mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarning yanada mustahkamlanishiga ishonaman.

Eko Shri Margianti, Gunadarma universiteti rektori (Indoneziya):

- Bo'lib o'tadigan saylovlar mamlakatingizda huquq va saylov sohasini takomillashtirish sari yana bir muhim qadam bo'ladi.

O'zbekistonda ovoz berishda fuqarolarning erkin va faol ishtirok etishlarini kafolatlaydigan saylov tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirishga katta e`tibor qaratilmoqda.

Men O'zbekiston saylov tizimining mavjud konstitutsiyaviy asoslari bo'lib o'tadigan Prezident saylovini umumqabul qilingan xalqaro me`yorlar va andozalarga to'la mos tarzda o'tkazilishini kafolatlashiga qat`iy ishonaman. Bu, o'z navbatida, ilg`or rivojlanadigan demokratik davlatni barpo etishga ko'maklashadi.

O'zbekiston va Indoneziya o'rtasidagi do'stona munosabatlarning yuqori sur`atda taraqqiy etib borayotganini alohida qayd etishni istardim. Ko'plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Men ilm-fan va ta`lim yo'nalishidagi aloqalarning yanada mustahkamlanishi xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

Sanjay Kumar Pandey, Javoharlal Neru nomli universitetning Rossiya va Markaziy Osiyoni tadqiq qilish markazi direktori, professor (Hindiston):

- Prezident saylovi - har bir huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi bo'lib, fuqarolarga mamlakat siyosiy hayotida, davlat hokimiyati organlarining shakllanishida to'g'ridan-to'g'ri qatnashish imkonini beradi.

O'zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik prinsiplar va umumqabul qilingan xalqaro andozalarga to'la javob beradigan saylov tizimi yaratilganini qayd etish zarur. Mamlakatda ushbu jarayonlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi.

Ishonamanki, 2016-yil 4-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakat fuqarolari o'z konstitutsiyaviy huquqlaridan erkin foydalanishlarini kafolatlaydigan qonuniylik va ochiqlik asosida bo'lib o'tadi.

Mamlakatda va uning tashqarisida saylovning yuqori saviyada o'tkazilishi yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda, bu jarayon haqida saylovchilarga ommaviy axborot vositalari orqali axborot berib borishga katta e`tibor qaratilmoqda.

Ta`kidlash lozimki, O'zbekiston juda ko'p jihatdan Markaziy Osiyoning yuragi hisoblanadi. Mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik butun mintaqaning iqtisodiy taraqqiyoti va ravnaqiga xizmat qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031