Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov 30 mingga yaqin saylovchi bilan uchrashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 51           Дата: 19-11-2016, 06:31          
Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov 30 mingga yaqin saylovchi bilan uchrashdi
Фото: ndp.uz

4 dekabrda bo'lib o'tadigan Prezident saylovi munosabati bilan O'zbekiston XDPdan ko'rsatilgan nomzod va uning joylardagi ishonchli vakillari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar qizg'in pallaga kirdi.

Jumladan, bugungi kunga qadar Xatamjon Ketmonov 11 marta uchrashuv o'tkazdi. Ularda 30 mingga yaqin saylovchi ishtirok etdi. Nomzodning ishonchli vakillari tomonidan esa 30dan ortiq uchrashuv tashkil qilinib, ularda 5 mingga yaqin saylovchi qamrab olindi.

O'tkazilayotgan uchrashuvlar shtablar tomonidan muntazam tahlil qilib borilmoqda. Xususan, har bir mintaqada bo'lib o'tgan uchrashuvdagi ma`ruzalarning saylovchilar tomonidan eng ko'p muxokama qilinayotgan qismlari umumlashirilmoqda.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov 30 mingga yaqin saylovchi bilan uchrashdi
Foto:ndp.uz

Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv.

- Ko'rinib turibdiki, bizning eng asosiy g'oyamiz – aholining davlat va jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Bu maqsadni samarali amalga oshirish uchun qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga alohida e`tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz.

Jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, turmush darajasini yaxshilashning eng muhim sharti bu – ularning bandligini ta`minlashdir. Buning uchun avvalo, mehnatga layoqatli kishilarning munosib haq to'lanadigan ish o'rinlariga ega bo'lishini, fuqarolarning shaxsiy tashabbuskorligi va ishbilarmonligini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish zarur, deb bilamiz.
Mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar, kasb tanlash, ta`lim olish va o'quv muassasalarini bitirgach, ish o'rniga ega bo'lishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlarni yaratishga eng muhim masala sifatida qaraymiz.

Ijtimoiy himoya borasida pensionerlar, nogironlar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar va aholining mehnatga layoqatsiz boshqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlari to'liq qondirilishini kafolatlovchi pensiya ta`minoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimini shakllantirish bilan bog'liq masalalarni qamrab oluvchi kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish lozim, deb hisoblaymiz. Shuningdek, ijtimoiy va kommunal xizmatlarning sifatliligini va aholining qo'llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlamlari uchun maqbulligini ta`minlash tarafdorimiz.

***
Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuv.

Biz, ijtimoiy yo'naltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirish va ularga erishish maqsadida bir qator ustuvor yo'nalishlarni belgilab olganmiz. Ruxsatlaringiz bilan, e`tiboringizni ularning mazmun-mohiyatiga qaratsam:

Birinchidan, aholi bandligini ta`minlash tizimini zamonaviy usullarni joriy qilish orqali doimiy takomillashtirib borish zarur.

Buning uchun eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish davomida barqaror ish o'rinlarini yaratish ko'rsatkichlari mazkur dasturlarning muhim mezonlaridan biri bo'lishiga erishish kerak.

Ayniqsa, ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash Davlat dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o'tish zarur. Bunda mehnat bozoridagi talab-taklifni to'liq o'rganish, hisobga olish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlarini to'g'ri va aniq belgilash muhim masaladir.

Shuningdek, munosib ish haqi to'lanadigan barqaror ish o'rinlarini taklif etayotgan, birinchi navbatda zaminimizdagi boy mineral xomashyo resurslari va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni ta`minlovchi yuqori texnologik tarmoq korxonalari, xizmat ko'rsatish va servis sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta`minlash bo'yicha sa`y-harakatlarni faollashtirish, ushbu sohalarga mamlakatda mavjud bo'lgan bo'sh mehnat resurslarini faol jalb etish lozim.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o'zini o'zi mustaqil ish bilan ta`minlash hamda yakka tartibdagi mehnat va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida imtiyozli mikrokreditlar ajratish amaliyotini kengaytirish, o'z biznesini ochishda belgilangan yig'imlardan, faoliyatini to'liq yo'lga qo'ygunga qadar soliqlardan ozod qilish muddatini uzaytirish masalasini taklif etamiz.

Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuv.

Iqtisodiy siyosatdagi asosiy ustuvor vazifalarimiz, bu – davlatimizning moliyaviy-iqtisodiy qudratini oshirishni kuchli ijtimoiy siyosat bilan uyg'unlashtirish orqali aholining, xususan, uning ehtiyojmand qatlamlarining turmush darajasini yanada yaxshilashga yo'naltirishdan iboratdir.

Bu borada partiyamiz, aholining xarid qobiliyatini oshirish ichki talabning ortishiga xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Bu esa iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi va iqtisodiyotning real sektori o'sish sur`atlarini izchil oshirib borishning mustahkam asosidir.

Biz iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda byudjyet mablag'lari, ayniqsa, ijtimoiy sohaga yo'naltiriladigan mablag'larning maqsadli ravishda sarflanishi ustidan qat`iy nazoratni kuchaytirish, davlatning o'sib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlaridan aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam ta`minlangan qatlamining turmush darajasini yaxshilashda foydalanish zarur, deb hisoblaymiz.
Shuningdek, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish asosida xo'jalik yurituvchi sub`yektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, tannarxini pasaytirish, hamda ularning eksport imkoniyatlarini kengaytiruvchi va aholining xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi raqobat muhitini shakllantirish masalalariga e`tiborni kuchaytirish lozim.

To'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish, turli mahsulot yetkazuvchilarga o'zaro erkin raqobatlashishiga imkon beradigan ochiq va oshkora elektron savdolar yo'nalishini kengaytirish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratish nihoyatda muhimdir.

Bundan tashqari, tijorat banklarining investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, xo'jalik yurituvchi sub`yektlarni kreditlash tizimini soddalashtirish, makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, foiz stavkalarini minimal darajada belgilash, muammoli qarzlar yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik va bank xizmatlari sifatini yaxshilash orqali ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish ham iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

***
Qoraqalpog'iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashuv.

Aholiga yuqori sifatli ta`lim olish va maqbul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi ham doimo diqqat markazimizdadir.
Shundan kelib chiqqan holda ta`lim sohasida, avvalo, jamiyatning barcha qatlamlariga erkin va teng ta`lim olish imkoniyatlarini yaratish maqsadida, mintaqalardagi demografik o'zgarishlarni hisobga olgan holda, maktabgacha, o'rta, o'rta maxsus va oliy ta`lim muassasalarini oldindan barpo etish amaliyotini yanada rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.

Shu bilan birga, bepul va imtiyozli to'lovlar asosida faoliyat ko'rsatadigan davlat maktabgacha ta`lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, kollejlar va akademik litseylarni o'quv adabiyotlari bilan to'liq ta`minlash choralarini ko'rish, korxona va tashkilotlarning ehtiyojidan kelib chiqib texnik va texnologik mutaxassisliklar bo'yicha oliy o'quv yurtlariga maqsadli qabul qilish masalasini rag'batlantirish muhim masaladir.

Nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyot va qo'llanmalar bilan ta`minlashni o'z ichiga oladigan inklyuziv ta`lim tizimini yanada rivojlantirish va soha o'qituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogiron) talabalarning oliy o'quv yurtlarida ta`lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, pedagogik ma`lumotga ega, lekin bola tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lgani bois vaqtincha ishlamaydigan ayollarning oilaviy maktabgacha ta`lim tarbiyachisi sifatidagi uy mehnatini tashkil etishning qonuniy asoslarini yaratish bugungi kunning talabidir.

Sog'liqni saqlash sohasida esa aholi, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta`minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog'ini kengaytirish masalasiga alohida e`tibor qaratamiz.

Bu yo'nalishda, shuningdek, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatilishi, farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati hamda dori-darmon vositalari narxlari ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, dori vositalari reklamasini cheklash masalalarini taklif etmoqdamiz.

Shu bilan birga, asosiy dori vositalari ro'yxatidagi dori vositalarining davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo'lishi va ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishini ta`minlash ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nihoyatda muhim masaladir.

***
Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuv.

Fuqarolar huquqlarini himoya qilishning sud mexa¬nizm¬lari ommabopligini kengaytirish va mazkur masalalarda sud nazoratini kuchaytirish hisobiga sud qarorlari ijrosi sifatini oshirish, sudlarda ishlarni ko'rib chiqish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, fuqarolarning sudga murojaat qilishi va sud hujjatlarini olishining elektron tizimini joriy qilish lozim.

Demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishda qonun normalarining bevosita ta`sir etishiga, ya`ni havolaki normalarsiz qabul qilinishiga erishish muhim hisoblanadi.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli ijtimoiy yordam ko'rsatish to'g'risidagi, shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda katta qiziqishga sabab bo'ladigan masalalar bo'yicha qarorlarni qabul qilishdan avval ushbu masalalar yuzasidan jamoatchilik maslahatlashuvlarini o'tkazishning majburiyligini belgilash, joylardagi doimiy elektorat manfaatlariga aloqador bo'lgan dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning hal etilishiga ta`sir ko'rsatish masalalarida siyosiy partiyalar va ularning deputatlik birlashmalari huquq va vakolatlarini yanada oshirish taklif etiladi.


O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan shtablar o'tkazilayotgan uchrashuvlarni muntazam tahlil qilish, aniqlanayotgan ayrim kamchilik va muammolar kechiktirmasdan bartaraf etish, har tomonlama puxta chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Bu, o'z navbatida, partiyaning saylovdagi faol va munosib ishtirokini ta`minlashga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O'zbekiston XDPdan nomzod – Xatamjon Ketmonovga ovoz bering!

O'zbekiston XDP Markaziy Kengashi
Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн