Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

MDH missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari O'zbekistonga tashrif buyurdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 43           Дата: 19-11-2016, 06:43          
MDH missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari O'zbekistonga tashrif buyurdi

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari O'zbekistonga keldi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH kuzatuvchilari missiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonini kuzatishda ishtirok etadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasida MDH Ijroiya qo'mitasi bo'lim boshlig'i Yevgeniy Sloboda boshchiligidagi kuzatuvchilar missiyasi a`zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. Abdusalomov mehmonlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi bilan tanishtirdi. Uchrashuvda alohida ta`kidlanganidek, saylov kampaniyasi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov to'g'risidagi qonunlar va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha asosiy tadbirlar dasturiga to'la muvofiq holda, ochiqlik va oshkoralik sharoitida o'tmoqda.

MDH missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti jarayoni bilan ham tanishtirildi. Nomzodlarga saylovoldi tashviqotini olib borishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda keng va teng imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.

Uchrashuvda MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Missiya shtabi faoliyat ko'rsatishi va kuzatuvni tashkil etish bilan bog'liq zarur tadbirlarni o'tkazishi ta`kidlandi. Saylov jarayoni qanday borayotgani to'g'risida materiallar to'plash va ularni tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o'tkazish, tele va radiokanallardagi axborot dasturlari va ko'rsatuvlarni, shuningdek, bosma ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish, nomzodlarning saylovoldi shtablarida uchrashuvlar o'tkazish Missiya shtabining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Ilgari xabar berilganidek, Markaziy saylov komissiyasi shu paytga qadar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti missiyalarining 90 dan ziyod kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o'tkazdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн