Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 67           Дата: 19-11-2016, 06:44          
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi
Иллюстратив сурат

O'zbekiston va Qozog'iston Samarqand-Chimkent-Turkiston va Chordara-Yettisoy-Jizzax yo'nalishi bo'yicha avtobus aloqasini joriy qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda Qozog'istonning O'zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev Janubiy Qozog'iston viloyatida o'tgan o'zbek-qozoq biznes-anjumanida aytib o'tdi. Utembayev shuningdek qozoq-o'zbek agrosanoat hududini qurishni hamda nafaqat Toshkent bilan hamkorlik qilishni, balki O'zbekistonning barcha hududlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishni taklif qildi.

"Ikki davlat iqlimi o'xshashligi tufayli viloyatda sabzavotchilikni rivojlantirish mumkin. Sayyohlik sohasini rivojlantirish maqsadida biz Buyuk ipak yo'lini tiklashimiz lozim. Bu yo'nalishda bugungi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda va hududlararo avtobus reyslarini ochish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda", deb aytdi diplomat.

Qozog'istonning "Xabar" telekanali ma`lumotlariga ko'ra, Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasidagi savdo aylanmasini 3 barobarga oshirib, 1,5 trln tangagacha yetkazish mo'ljallanmoqda. Bu natijaga, jumladan 10 ta qo'shma korxona yaratish bilan erishilmoqchi.

"O'zbekistonlik investorlar qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, to'qimachilik, mashinasozlik sohalariga sarmoya kiritishga va Janubiy Qozog'iston viloyatidagi sanoat va maxsus iqtisodiy zonalarda o'z bizneslarini qurishga tayyorlar. Mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar esa o'z mahsulotlarini O'zbekistonga eksport qiladilar. Shuningdek, qo'shma korxonalar ishtirokchilarining chegaralarni kesib o'tishi jarayonini soddalashtirish, ekspert kengashi yaratish va hududlararo avtobus reyslarini yo'lga qo'yishga qaror qilingan", deb ma`lum qilgan telekanal.

Ta`kidlash joizki, 2015 yilda ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi 1,67 mlrd dollarga yetgan. Bugungi kunda O'zbekiston Qozog'istonga gaz, paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar, o'g'itlar va sabzavotlar eksport qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн