Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

2015 yilda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 105,7 million dollarga yetdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 57           Дата: 18-11-2016, 14:21          
2015 yilda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 105,7 million dollarga yetdi

Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 17 noyabr kuni Savdo va sanoat bo'yicha O'zbekiston – Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, neft-gaz, geologiya, savdo-sanoat, sarmoya, bank-moliya, energetika, qishloq xo'jaligi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, aloqa va axborot texnologiyalari, fan-ta`lim, elektr texnikasi, sayyohlik, me`morlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, sug'urta, farmatsevtika kabi sohalar uchun mas`ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, mazkur kengash hamraisi E.G'aniyev, Savdo va sanoat bo'yicha O'zbekiston – Buyuk Britaniya kengashi hamraisi B.Hey va boshqalar mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar ko'plab sohalar qatori savdo, iqtisodiyot, yengil sanoat, neft-gaz, oziq-ovqat sanoati, qurilish, sayyohlik, fan-ta`lim, qishloq xo'jaligi kabi yo'nalishlarda ham izchil rivojlanib borayotganini alohida ta`kidladi.

2015 yilda O'zbekiston bilan Buyuk Britaniya o'rtasida o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 105,7 million dollarni tashkil etdi. Kimyo va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, to'qimachilik, tog'-kon sanoati, xizmat ko'rsatish va savdo sohalarida hamkorlik izchil rivoj topmoqda.

Anjumanda mehmonlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini muttasil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar, “Navoiy”, “Jizzax” va “Angren” erkin iqtisodiy zonalarida ish yuritish uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, yuqori texnologiyalar sohasida olib borilayotgan islohotlar to'g'risida ma`lumot berildi. Ishtirokchilar ushbu majlis o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid qator muhim masalalarni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat bo'lganini ta`kidladi.

Majlisda O'zbekiston va Buyuk Britaniyaning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari, ikki mamlakat o'rtasida avtomobilsozlik, yoqilg'i-energetika, tog'-kon va kimyo sanoati, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish, elektr texnikasi, axborot texnologiyalari, chiqindilarni qayta ishlash va ta`lim kabi qator sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqbollari, bu boradagi aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash omillari, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada kengaytirishga, yuqori texnologiyali qo'shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Shu kuni Xalqaro hamkorlik markazida kooperatsiya birjasi bo'lib o'tdi. Unda ikki mamlakatning neft-gaz, energetika, tog'-kon, farmatsevtika, konsalting, audit, ta`lim va boshqa sohalarga ixtisoslashgan o'ttizdan ortiq firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031