Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

1992 yil 2 mart... Mustaqil O'zbekiston bayrog'i BMT peshtoqida hilpiray boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 41           Дата: 18-11-2016, 14:35          
1992 yil 2 mart... Mustaqil O'zbekiston bayrog'i BMT peshtoqida hilpiray boshladi

1991 yil 18 noyabr kuni Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Shu kundan e`tiboran milliy bayrog'imiz davlatimiz suvereniteti ramziga, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoliga aylandi, deb yozmoqda O'zA.

…Vatan himoyasi uchun harbiy xizmatga chaqirilgan o'g'lonlarimizning harbiy qasamyod marosimini kuzatganmisiz? G'alabasi sharafiga madhiya sadolari ostida balandga ko'tarilayotgan bayrog'imizga boqib, ko'zlariga yosh olgan sportchilarimizni-chi? Maktabga ilk bor qadam qo'yayotgan jajji bolajonlarning bayroqchani hilpiratib, sevinchdan orziqishini-chi? Bunday pallalarda qalb tug'yonga kelib, shu yurt, shu muqaddas zamin farzandi ekaningdan to'lqinlanib ketadi odam. Ayniqsa, Vatanimiz bayrog'i dunyoning eng yuksak minbarlarida mag'rur hilpirayotganini ko'rgan lahzalarda Vatan uchun, uning tinchligi, istiqboli uchun qurbon bo'lishga ham tayyorligingni his qilasan.

1992 yil 2 mart kuni O'zbekiston mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo'lib, bayrog'imiz uning peshtoqida hilpiray boshlagan kun barcha vatandoshlarimiz ko'nglida ana shunday tuyg'ular to'lib-toshdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov BMT minbarida mustaqil O'zbekiston davlat bayrog'i ostida nutq so'zlagan sharafli damlarda ham shu hisni tuyganmiz.
Eng nufuzli sport musobaqalari – Olimpiya o'yinlarida yurtdoshlarimiz g'alabasi sha`niga bayrog'imiz sarbaland bo'lgan kunlarni eslasak, hayajonga tushamiz.
2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida ham bot-bot madhiyamiz yangrab, bayrog'imiz ko'tarildi – ko'ksimiz cheksiz faxr-iftixorga, g'ururga to'ldi. O'sha lahzalarda bog'u xiyobonlar davlatimiz bayrog'ini mag'rur hilpiratgan yoshlarga, ko'chalar O'zbekiston bayrog'i qo'yilgan mashinalarga to'ldi...

Bularning barchasi davlatimiz bayrog'i yurtdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg'ularini kuchaytirish, xalqaro miqyosda mamlakatimiz obro'-e`tiborini mustahkamlashda muhim vosita bo'lib xizmat qilayotganidan dalolatdir.

2010 yili poytaxtimizda barpo etilgan “Vatanga qasamyod” badiiy majmuasida tasvirlangan o'g'lon bayrog'imizni ko'ziga to'tiyo qilib, Vatan himoyasi uchun, ota-bobolarimiz xoki yotgan qutlug' zaminning har qarich tuprog'ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho'kib qasamyod qilmoqda. Bu muqaddas bayroqning insonga beradigan cheksiz ma`naviy quvvati, yengilmas ruhi nishonasidir.

Davlatimiz bayrog'iga hurmat “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunni puxta o'rganish va unga to'la amal qilishimizda ham namoyon bo'ladi. Milliy timsolimizni tasvirlash va o'rnatishda belgilangan rangli-sxematik tartiblarga rioya etishimiz, uning mamlakatimiz fuqarolari, shuningdek, O'zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar tomonidan hurmat qilinishiga erishishimiz chin insoniy burchimizdir.

Davlatimiz bayrog'idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ma`no-mazmunga ega. Ular milliy davlatchiligimiz tarixidagi qudratli davlatlar tug'laridagi ezgu ifodalarni, ayni paytda yurtimizning tabiiy, milliy va ma`naviy xususiyatlarini o'zida mujassam etadi.

Moviy rang – musaffo osmon va obihayot ramzi bo'lib, yaxshilikni, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqat, oq rang – tinchlik, poklik, beg'uborlik, soflik, ezgu orzu va umidlar timsolidir. Tabiatning yangilanishi ramzi yashil rangda aks etgan bo'lib, u navqironlik, umid va shodumonlikdan nishona. Qizil chiziqlar – har bir tirik vujudda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini ifodalaydi.

Davlatimiz bayrog'i O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog'ida, davlatimizning chet ellardagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida, xalqaro miqyosdagi nufuzli anjuman va konferensiyalar, sport musobaqalarida baland ko'tarilmoqda. Bu aziz timsol davlat idoralari, ta`lim muassasalarida yurtimizdagi tinchlik-farovonlikning ramzi sifatida mag'rur hilpirab turibdi.

Mamlakatimiz bilan Hamkorlik o'rnatgan barcha davlatlar O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'iga, uning timsolida davlatimiz suverenitetiga, xalqimiz ozodligiga bo'lgan hurmat-ehtiromini ifoda etadi. Mamlakatimizning chet ellardagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida mustaqil O'zbekistonning davlat bayrog'i qo'yilgan.
Bizni yagona davlat, bir xalq sifatida birlashtirib turgan bayrog'imiz ostida ulug' maqsadlar, buyuk kelajak sari dadil boraveramiz.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн