Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Video: Erdo'g'an Samarqandda. O'zaro munosabatlarda yangi sahifa

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62           Дата: 18-11-2016, 14:41          
Video: Erdo'g'an Samarqandda. O'zaro munosabatlarda yangi sahifa
Суратлар: tccb.gov.tr

Turkiyaning Haberturk telekanali mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'anning O'zbekistonga tashrifidan fotoreportaj uyushtirdi. Telekanalning YouTube portalidagi kanaliga joylashtirilgan videoda Turkiya rahbari O'zbekistonga safarini Samarqanddan boshlagani, aeroportdan to'g'ri Shohi Zinda majmuasiga, O'zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun yo'l olganini ko'rish mumkin.

Video: Erdo'g'an Samarqandda. O'zaro munosabatlarda yangi sahifa

Marhumning ziyoratida unga O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamrohlik qilgan.

O'zbekiston Musulmonlar idorasi muftiysi Usmonxon Alimov marhum xotirasiga Qur`on tilovat qilgan. Shundan so'ng, siyosatchilar tarjimon vositasida bir muddat suhbatlashishgan.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo'g'an uchrashuvi chog'ida O'zbekiston — Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Video: Erdo'g'an Samarqandda. O'zaro munosabatlarda yangi sahifa

Qayd etish kerakki, bu Erdo'g'anning O'zbekistonga ikkinchi tashrifidir. U 13 yil oldin O'zbekistonga Turkiya bosh vaziri sifatida kelgandi.

Video: Erdo'g'an Samarqandda. O'zaro munosabatlarda yangi sahifa

"Biz qardosh o'zbek xalqi bilan munosabatlarni rivojlantirishni istar edik. O'zbekiston tomon ham biz bilan munosabatlarni rivojlantirish istagida ekanligini ko'rib turibmiz. O'zbekistonga safarim davomida o'zbek og'alarimiz bilan munosabatlarda yangi sahifasini ochish istagidaman", — deb ta`kidlagan Erdo'g'an safarga chiqishidan oldin Anqara aeroportida o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Video: Erdo'g'an Samarqandda. O'zaro munosabatlarda yangi sahifa

Video: Erdo'g'an Samarqandda. O'zaro munosabatlarda yangi sahifa

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031