Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya O'zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni istamoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60           Дата: 18-11-2016, 14:23          
Turkiya O'zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni istamoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an Samarqandda O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchisi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi vaqtida uni Turkiyaga taklif etdi.

«Biz sizning tashrifingizdan mamnun bo'lar edik. Bu biz uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi», deya Erdo'g'anning so'zlarini keltirgan Anadolu agentligi.

Turkiya prezidenti barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etib o'tgan.

Erdo'g'an O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o'zbek xalqiga hamdardlik bildirgan.

«O'sha vaqtda men Xitoyda ish boshlagan G20 sammitida edim va shu sabab dafn marosimiga kela olmadim. Dafn marosimida mamlakatimiz nomidan Bosh vazir yordamchisi Tug'rul Turkesh ishtirok etdi. Bugun men marhum Islom Karimov qabrini ziyorat qildim. Yana bir karra Islom Karimovni Alloh rahmatiga olishini so'rayman va o'zbek xalqiga o'z ta`ziyamni bildirib qolaman», degan turkiyaliklar yetakchisi.

U oktabr oyida Turkiya TIV rahbarining Toshkentga tashrifi vaqtida ikki tomon o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan «yo'l xaritasi» ishlab chiqilishi yuzasidan muhokamalar o'tkazilganini qayd etib o'tgan.

«Shu masala yuzasidan O'zbekiston tomoni taklifini kutib qolamiz. Umid qilamizki, qisqa vaqt ichida tomonlar kelishuvga erishadi», - deya qayd etgan Erdo'g'an.

Turkiya rahbari O'zbekistonning milliy tarixi va an`analarini e`tirof eta turib, bu davlatning iqtisodiy va siyosiy jihatdan yanada yuksalishiga ishonch bildirib o'tdi.

Erdo'g'an 4 dekabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyevga omad tilab, uning nomzodini qo'llab-quvvatlashini ta`kidlagan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031