Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent metrosida Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi innovatsion vagonlar paydo bo'lishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 51           Дата: 18-11-2016, 06:10          
Toshkent metrosida Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi innovatsion vagonlar paydo bo'lishi mumkin

Rossiyaning "Transmashxolding" kompaniyasi Toshkent metropoliteni vagonlar tarkibini modernizatsiya qilishda ishtirok etmoqchi. Bu haqda kompaniya vakiliga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri xabar bergan.

"Transmashxolding" delegatsiyasi o'zbek tomoni bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Jumladan, rossiyaliklar Toshkent metrosida "Moskva" deb nomlangan 765-seriyadagi yangi vagonlardan foydalanishni taklif qilishmoqchi.

"Biz O'zbekiston bilan ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz. Toshkentdagi uchrashuvda o'zaro hamkorlik masalalari va bizning 765-seriyadagi innovatsion vagonlarni hozirda faol rivojlanayotgan Toshkent metrosi uchun yetkazib berish imkoniyati muhokama qilindi", deb aytdi kompaniya vakili.

Yangi vagonlar shinamligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Ularda havo aylanishi, uni sovitish hamda ultrabinafsha chiroqlar yordamida zararsizlantirishning zamonaviy tizimlari o'rnatilgan hamda videokuzatuv olib boriladi. Bu vagonlar ayniqsa tig'iz payt juda asqatadi: uning eshik darchalari avvalgi modellardagidan 12 foizga kengroq ishlangan va shuningdek vagonlardan vagonlarga o'tish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, vagonlarda sensorli axborot monitorlari o'rnatilgan. Metroning interfaol xaritasida kerakli stansiyalarni topish, yo'nalishni belgilab, unga ketadigan vaqtni hisoblab chiqish mumkin.

Vagonlarda tutqichlarning 30 foizga ko'paytirilganligi va ular "issiq" qoplama bilan jihozlanganligi yo'lovchilar uchun yana bir sovg'a bo'ladi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda Toshkent metrosida 198 ta vagon bor. Vagonlarning o'rtacha yoshi 25 yilni tashkil qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн