Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83           Дата: 17-11-2016, 08:10          
Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo'ldi

Afrikadan Janubiy Amerika tomon yayov sayohatini davom ettirayotgan amerikalik taniqli jurnalist va yozuvchi National Geographic jurnali muxbiri, ikki bora Pulittser mukofoti sohibi - Pol Salopek Andijonga yetib keldi. Oxirgi olti oy davomida Pol O'zbekistonning bir qator hududlari - Ustyurt, Nukus, Xiva shaharlarida bo'lib, Qizilqumni bosib o'tgach, Buxoro, Samarqand, Toshkent singari tarixiy obidalarga boy shaharlar bilan tanishgan. Vodiy viloyatlarida safarini davom ettirayotgan Salopek kuni kecha Andijonga yetib keldi.

Andijonga tashrifi chog'ida taniqli sayyoh bilan viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Maxamadjan Nishanov uchrashib, Salopek tomonidan yurtimizda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Yozuvchi va jurnalist sayohat taassurotlari bilan o'rtoqlashib, kelgusi rejalari haqida gapirib berdi. U boshlangan ishning mazmun-mohiyati haqida to'htalar ekan, eng qadimgi odamlar sayyoramizning turli hududlariga tarqalishi(migratsiyasi) davomida Afrikadan Janubiy Amerika tomon yo'lga chiqib, shu yo'nalish orqali o'troqlashgani va loyihaga aynan mazkur yo'l tanlanganiga izoh berdi. U yurtimizning qadimiy yodgorliklari, o'ziga hos go'zal tabiati, insonlarining mehmondo'stligi unda katta qiziqish uyg'otgani haqidagi so'zladi.

Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo'ldi

Pol Salopek Andijon safari chog'ida milliy taomlarimizdan bo'lgan palovning qanday tayyorlanishi bilan tanishib, undan tatib ham ko'rdi.

Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo'ldi

“Sayyohatga piyoda chiqishimga sabab, eng qadimgi insonlarning yer yuziga tarqalishi paytida yurgan yo'llari va u yerlarda yashayotgan xalqlarning hayot tarzi, madaniyati bilan yaqindan tanishishdir”,- deydi Salopek.

Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo'ldi

O'zbekistonda bo'lib, Qirg'iziston orqali Hitoy tomon yo'l olishni ko'zlagan jurnalist safari davomida o'zi bo'lgan joylarning tabiati va yo'ldagi safar taassurotlarini maqola, foto va video ko'rinishida internet orqali o'quvchilarga yetkazib bormoqda. Pol ushbu loyiha bo'yicha yayov sayohatini 2013-yili boshlagan edi.

Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo'ldi

Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo'ldi

Elmurod Ermatov, Andijon

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн