Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

2017 yilni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” madaniy almashinuv yili deb nomlash taklifi ma`qullandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 38           Дата: 17-11-2016, 02:48          
2017 yilni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” madaniy almashinuv yili deb nomlash taklifi ma`qullandi

2016 yilning 15-16 noyabr kunlari Seul shahrida tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari darajasida hamkorlik bo'yicha “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” o'ninchi Forumi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi. Bu haqda O'zbekiston TIV xabar bergan.

Muloqot davomida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyoning besh mamlakati vakillari ko'p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Ta`kidlanganidek, mazkur Forum tashkil qilinganidan buyon o'tgan 10 yil davomida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, innovatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini ko'rib chiqish uchun samarali maydonga aylandi.

Forumda diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 25 yilligi va Markaziy Osiyoda koreyslar yashayotganining 80 yilligi munosabati bilan 2017 yilni – “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” madaniy almashinuv yili deb nomlash to'g'risidagi Janubiy Koreya tomonining taklifi ma`qullandi.

Tadbir doirasida “elektron hukumat” va qishloq xo'jaligi sohalaridagi hamkorlik bo'yicha mavzulashgan sessiyalar bo'lib o'tdi.

Majlis yakunlariga ko'ra Deklaratsiya qabul qilindi hamda 2017 yildan boshlab hamkorlik bo'yicha “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Forumi Kotibiyati ish boshlashi e`lon qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн