Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sarvar Otamuratov xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgan moddiy boyliklarni O'zbekistonga qaytarish fikrini bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37           Дата: 17-11-2016, 02:48          
Sarvar Otamuratov xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgan moddiy boyliklarni O'zbekistonga qaytarish fikrini bildirdi

2016 yil 16 noyabr kuni O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zMTDP Surxondaryo viloyat kengashi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoshlar, mahalla faollari, partiya a`zolari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvni xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi rahbari Sayfullo Tursunov ochib berdi va olib bordi.

Dastlab nomzodning viloyatdagi ishonchli vakili Bahodir Xudoyqulov yig'ilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan tanishtirdi. Shundan so'ng nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yo'nalishlari yuzasidan nutq so'zladi.

Nomzod “Milliy tiklanish – avvalambor milliy o'zlikni anglash demakdir”, “Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi – bosh vazifamiz”, “Farzandlari sog'lom va barkamol yurt qudratli bo'lur”, “O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q”, “Barkamol avlod – millat tayanchi” tamoyili ostida ma`naviy-ma`rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy, axborot, sport va tashqi siyosat sohalarida bir qator vazifalar belgilanganini aytib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsadi – milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishish g'oyasini amalga oshirish, ichki siyosatda iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimizning farovonligi oshishi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, tashqi siyosatda milliy manfaatlarni himoyalash va maqsadli ilgari surish, O'zbekiston xalqining milliy-madaniy va ma`naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlash va boyitishdan iborat ekanligini alohida e`tirof etdi.

Shundan kelib chiqqan holda saylovoldi Dasturda milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur va qadr-qimmat tuyg'usini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilangan.

Uchrashuvda nomzod saylovchilarni saylovoldi Dasturi bilan tanishtirar ekan, surxondaryoliklar e`tiborini ijtimoiy sohada belgilangan vazifalarga qaratdi.

Sarvar Otamuratov ta`kidlaganidek, bugun jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sayyoramizda aholi soni jadal ko'payib borayotgan bir vaqtda, ayrim davlatlarda bu borada o'ta tanqislik kuzatilayotgani ijtimoiy va siyosiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xalqaro tashkilotlarning ma`lumotlariga qaraganda, bugun dunyoda har sakkiz odamdan biri to'yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas.

Qolaversa, bugungi kunda atrof-muhit ifloslanishi hamon davom etmoqda. Iqlim o'zgarishlarining salbiy oqibatlari yaqqol ko'zga tashlanmoqda Qurg'oqchilik, suv resurslari taqchilligi, turli kimyoviy moddalarni tinimsiz ishlatish natijasida yerlarning tabiiy holati yo'qolayotgani kuzatilmoqda. Ana shu misollarning o'zi bugun mazkur masala naqadar dolzarbligini ko'rsatadi.

Shundan kelib chiqib, nomzod o'z Dasturida aholining ovqatlanish xilma-xilligini kengaytirish, mamlakatimizda sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish va bunda genlarni modifikatsiya qilish usulidan foydalanishni cheklash kabi ustuvor vazifalarni belgilagan.

Uchrashuvda nomzod Dasturning boshqa sohalariga ham to'xtalib o'tdi. Dasturda xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan moddiy boyliklarni O'zbekistonga qaytarish, oila, meros, uy-joy da`vosi va maishiy turmush manbaida tug'iladigan nizolarni sudgacha hal etish tizimini rivojlantirish, tarixiy shaharlar va ochiq osmon ostidagi muzeylarni qayta ta`mirlashga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish, milliy axborot xavfsizligini ta`minlash kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

Shuningdek, mahallaning fuqarolar, o'g'il-qizlar va yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yangi ish o'rinlarini yaratish, ijtimoiy sohadagi ishlarning samaradorligini oshirish, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni yaxshilash bilan bog'liq masalalarni hal etishdagi sa`y-harakatlarini faollashtirish zarur.

Uchrashuvda nomzod Dasturini qo'llab-quvvatlab O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a`zosi Sh. Aripova, Denov tumanidagi 67-sanatoriy maktab-internati direktori R. Salomova, O'zbekiston Respublikasi chempioni F. Qosimov va boshqalar so'zga chiqdilar.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031