Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Barselonada O'zbekiston Prezidenti sayloviga bag'ishlangan anjuman o'tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 57           Дата: 17-11-2016, 02:48          
Barselonada O'zbekiston Prezidenti sayloviga bag'ishlangan anjuman o'tkazildi

Ispaniyaning yirik shaharlaridan biri - Barselonada “O'zbekistonda Prezident saylovi” mavzusida anjuman bo'lib o'tdi. Tadbir mamlakatimizning Madriddagi elchixonasi, Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Osiyo bilan madaniy aloqalar instituti (Casa Asia)) hamda Barselona Xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda mamlakatimizning siyosiy islohotlarni amalga oshirish, saylov tizimini takomillashtirish, siyosiy partiyalarning rolini mustahkamlash va bo'lajak Prezident saylovi munosabati bilan saylov kampaniyasini o'tkazish borasidagi tajribalari muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komisiyasining saylov jarayonida transparentlik va shaffoflikni ta`minlash borasidagi faoliyatiga, shu jumladan, ko'plab xorijiy davlatlar va nufuzli tashkilotlardan xalqaro kuzatuvchilarning taklif etilganligi masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Anjuman chog'ida ishtirokchilar O'zbekistonning bugungi hayoti, xususan, jamiyatni har tomonlama modernizatsiya qilish jarayonlarida yosh avlodning tutgan o'rni va boshqa masalalar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Muzokaralar yakunida tadbir qatnashchilari O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Prezident saylovi haqida “Jahon” axborot agentligi muxbiriga o'z mulohazalarini bayon etdilar.

Nikolas de Pedro, CIDOB eksperti, Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha mutaxassis:
- Shu kunlarda xalqaro tahliliy jamotchilikda mamlakatingizga katta e`tibor qaratilgan. Men ham mintaqaning muhim davlati bo'lgan O'zbekistonda kechayotgan saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatmoqdaman. Menga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqi bo'yicha Byurosi kuzatuvchilarning to'laqonli missiyasini O'zbekistonga yuborish to'g'risida qaror qabul qilganligi alohida mamnunlik baxsh etdi. Boshqa xalqaro kuzatuvchilar qatori ushbu tashkilot vakillari ham saylov jarayonlarini monitoring qilishadi.

Rafael Bueno, Casa Asia) instituti siyosiy, ijtimoiy va ta`lim dasturlari direktori:
- O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyot modeli asosida rivojlanishning qisqa davri ichida ulkan ijobiy natijalarni qo'lga kiritishga erishdi. Ular orasida mintaqaviy o'ziga xoslikni e`tiborga olganda muhim ahamiyat kasb etadigan mamlakatda barqarorlikni va jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotning saqlanib kelinayotganini aytish mumkin. O'tgan yillar davomida demokratiyani mustahkamlash yo'lida erkin saylovlar instituti, transparentlikka asoslangan saylov tizimi, ko'ppartiyaviylik, parlamentarizm kabi muhim asoslar shakllantirildi.

Bo'lib o'tadigan Prezident saylovi O'zbekistonning barqaror va jadal taraqqiy etayotgan demokratik davlat sifatidagi yanada rivojlanishida navbatdagi muhim bosqich bo'ladi, deb o'ylayman.

“Jahon”

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031