Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

The Brussels Times: Yevropada O'zbekistonning o'z taraqqiyot yo'lini davom ettirishga intilishi olqishlanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31           Дата: 17-11-2016, 02:48          
The Brussels Times: Yevropada O'zbekistonning o'z taraqqiyot yo'lini davom ettirishga intilishi olqishlanadi

Yaqinda Belgiyaning nufuzli The Brussels Times onlayn axborot nashrida O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Prezident saylovi haqida maqola e`lon qilindi.

Unda 2016 yil 4 dekabr kuni O'zbekistonda muddatidan oldin Prezident saylovi bo'lib o'tishi haqida xabar beriladi. Yetuk davlat arbobi bo'lgan mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov o'zbek davlatchiligi va jamiyatni rivojlantirishning mustahkam asosini yartgani ta`kidlanadi.

Maqolada O'zbekistonning jamiyatni demokratlashtirish, ichki va tashqi siyosatning muhim vazifalari hamda saylovlarga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish sohalaridagi tajribasi haqida bir qator yevropalik ekspertlar o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashadilar. Jumladan, Yevropa Xalqaro munosabatlar instituti geosiyosiy dasturlari direktori Per-Emmanuel Tomann va “Yevropa geopolitik forumi” tadqiqot markazi direktori Marat Terterov va boshqa mutaxassislarning yakdil fikrlariga ko'ra, barcha sohalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish va mintaqada barqarorlikni saqlash mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan muhim muvaffaqiyatlari bo'ldi. Tahlilchilar mustahkam qonunchilik bazasi va kuchli fuqarolik institutlarining mavjudligi O'zbekistonda saylovlarni ochiqlik va transparentlik asosida hamda ilg'or xalqaro me`yor va andozalarga munosib tarzda o'tkazilishiga xizmat qilishini qayd etadilar.

Maqolada dekabr oyida bo'lib o'tadigan saylovlarda mamlakatda faoliyat olib borayotgan barcha siyosiy partiyalar qatnashish istagini bildirishgani haqida ma`lumot beriladi. Ular o'z nomzodlarini ilgari surdilar va ayni kunlarda ushbu nomzodlar saylovchilar bilan uchrashib, o'zlarining mamlakat sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng ko'lamli islohotlar olib borish rejalari, ichki va tashqi siyosatning ustuvor vazifalari o'z aksini topgan saylovoldi dasturlari bilan tanishtirmoqdalar.

The Brussels Times nashri Yevropada O'zbekistonning mustaqillik yillarida tanlangan o'z taraqqiyot yo'lini davom ettirishga bo'lgan intilishi qo'llab-quvvatlanishi hamda mamlakatimiz bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini alohida ta`kidlaydi.

«Jahon»

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн