Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

I xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida 1400 ming tonnadan ziyod mahsulotlarni eksportga chiqarish bo'yicha shartnoma imzolandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77           Дата: 15-11-2016, 20:05          
I xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida 1400 ming tonnadan ziyod mahsulotlarni eksportga chiqarish bo'yicha shartnoma imzolandi

Toshkentda birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o'z nihoyasiga yetdi. Yarmarka ishida 33 ta xorijiy davlat kompaniyalari, savdo tashkilotlari, qishloq xo'jaligi yo'nalishi vazirliklari, logistika kompaniyalarining 300 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Bular Shveytsariya, Litva, Germaniya, Gollandiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Isroil, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Iordaniya kabi davlatlarining tadbirkorlari.

Yarmarkani o'tkazish dasturi asosida ishtirokchi xorijiy kompaniya va mehmonlar bilan davra suhbatlari va muzokaralar o'tkazildi.

Yarmarka yakuni bo'yicha xorijiy xaridorlar bilan o'tkazilgan muzokaralar natijasida qiymati 1009 mln.dollarlik 1421 ming tonna mahsulotlarni eksportga chiqarish bo'yicha 355 ta shartnoma imzolandi, shundan 120 ming tonna mahsulot 2016 yil yakuniga qadar eksportga yo'naltirilishi ko'zda tutildi. Barcha shartnomalar Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatga olindi.

Yarmarkaning o'tkazilishi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini yanada kengaytirish imkonini berdi. Xususan, Yevropa mamlakatlari Germaniya, Shotlandiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Belorusiya, Litva, Ozarbayjon, Rossiya, Janubiy-Sharqiy Osiyodan Xitoy, Koreya, Yaponiya, Yaqin Sharq mamlakatlari Iroq, BAA, Turkiya davlatlariga mahsulot eksport qilish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzildi.

Natijada tuzilgan shartnomalarda mevalar 25 foizni, uzum 17 foiz, sabzavotlar 32 foiz, quritilgan va qayta ishlangan mahsulotlar 13 foiz, dukkaklilar 13 foiz va poliz mahsulotlari 1 foizni tashkil etdi.

Yarmarkaning so'nggi ish kuni davomida “O'zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi va “O'zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati vakillarining respublika meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash va eksportga yo'naltirish bo'yicha mavjud imkonyatlar, ulardan foydalanish salohiyatlari to'g'risida taqdimotlari tinglandi.
3 kun davomida yarmarkani tomosha qilishga kelganlar soni esa, 7000 kishidan oshib ketdi.

Xorijning ko'plab nufuzli qayta ishlovchi va savdo kompaniyalari O'zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, uzum va dukkakli o'simliklarning sifati, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining tarkibiy hususiyatlari, ekologik soflik darajasi haqida yetarlicha ma`lumotga ega bo'lib ketishdi.
Toshkent, Birinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031