Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Erdo'g'an O'zbekistonga keladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 63           Дата: 17-11-2016, 02:48          
Erdo'g'an O'zbekistonga keladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an joriy haftada O'zbekiston va Pokistonga safar qiladi.

Turkiya prezidentining matbuot xizmati xabar qilishicha, Erdo'g'an bu ikki mamlakat bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida tur amalga oshirmoqda.

16 noyabr kuni turkiyaliklar prezidenti Pokistonga keladi va 16-17 noyabr kunlarida bu mamlakat prezidenti Mamnun Husayn va bosh vazir Navoz Sharif bilan uchrashuvlar o'tkazadi. Erdo'g'an Islomobodda parlament deputatlari va senatorlar qarshisida ham chiqish qiladi.

Shundan so'ng Turkiya prezidenti Navoz Sharif bilan birgalikda Lahor shahriga yo'l olib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari yig'ilishida ishtirok etadi.

Turkiya prezidenti 17-18 noyabr kunlari O'zbekistonda bo'ladi. U safari davomida Samarqand shahriga kelib, O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

Erdo'g'an shuningdek, O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi hamda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o'tkazadi. Ikki siyosatchi O'zbekiston va Turkiya munosabatlarini mintaqaviy va xalqaro darajada rivojlantirish masalasini muhokama etadi.

Eslatib o'tamiz, Rajab Tayyib Erdo'g'an O'zbekistonga 2003 yilning 18−20 dekabr kunlari Turkiya bosh vaziri sifatida kelgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн