Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

MDH missiyasi O'zbekistondagi prezident saylovini kuzatishga kirishadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59           Дата: 15-11-2016, 15:02          
MDH missiyasi O'zbekistondagi prezident saylovini kuzatishga kirishadi

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) missiyasi O'zbekistondagi prezident saylovlarini kuzatishni boshlaydi. Bu haqda MDH Ijroiya qo'mitasi raisi Sergey Lebedev jurnalistlarga ma`lum qilgan.

"17 noyabr kuni MDH missiyasi O'zbekistonda ish boshlaydi. O'n nafardan ortiq uzoq muddatli va yana 700 nafardan ortiq qisqa muddatli kuzatuvchilar faoliyat olib boradi. Ularning deyarli barchasi MDH mamlakatlari vakillaridir", – deya Lebedevning so'zlarini keltirgan Sputnik Belarus.

U bu missiya Markaziy saylov komissiyasining O'zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklifi asosida ish boshlanishini ma`lum qilgan.

O'tgan oyda Markaziy saylov qo'mitasi MDH Ijroiya qo'mitasiga rasmiy taklifnoma yo'llab, O'zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etishga chaqirgandi.

2004 yildan beri MDH Ijroiya qo'mitasida MDH kuzatuvchilari missiyasi faoliyatini ta`minlash bo'limi ishlamoqda.

O'zbekistonda MDH kuzatuvchilari missiyasi 2004, 2009 va 2014 yilgi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, shuningdek, 2007 va 2015 yilgi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari chog'ida kuzatuv amalga oshirgan.

Lebedev 2015 yilning martida o'tkazilgan O'zbekiston prezidenti saylovida ham MDH kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн