Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16 noyabr kuni O'zbekistonda vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik bo'ladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 44           Дата: 15-11-2016, 14:07          
16 noyabr kuni O'zbekistonda vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik bo'ladi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 noyabr kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 12-14 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda yomg'ir yog'ish ehtimoli bor. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda yomg'ir yog'ish ehtimoli bor. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlari. Havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik bo'ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo'ladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031