Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev: Yaqin Sharq yadrosiz hududga aylanishi kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 171           Дата: 18-10-2016, 21:57          
Shavkat MirziyoYev: Yaqin Sharq yadrosiz hududga aylanishi kerak

Bugun Toshkent shahrida o'z ishini boshlagan Islom Hamkorlik Tashkilotiga a`zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining ochilish marosimida ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev chiqish qildi.

RIA Novosti agentligi xabariga ko'ra, O'zbekiston bosh vaziri Yaqin Sharqda yadro qurolidan xoli hududni barpo etish Islom Hamkorlik Tashkilotining ustuvor vazifalaridan biri bo'lishi lozimligini ta`kidlagan.

"O'zbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifa yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirishdan iborat. Mamlakat Yaqin Sharqda yadrosiz hudud g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi", — deya qayd etdi Shavkat MirziyoYev.

U IHT TIVKning yaqin bir yil ichidagi ustuvor vazifalaridan biri ana shunday hududni barpo etish bo'lishini alohida qayd etib o'tdi.

O'zbekiston rahbari mamlakat 1992 yilda yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnomaga qo'shilgani, 1993 yilda O'zbekiston tomonidan Markaziy Osiyoda yadrodan xoli hudud tashkil etish tashabbusi bildirilgani haqida eslatib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, bu tashabbus 2006 yilda mintaqaning barcha beshta respublikasi: Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'iziston tomonidan imzolanib, 2009 yildan kuchga kirgan Yadrodan xoli hudud tuzish haqidagi shartnomada va 2014 yilning 6 mayida Nyu-York shahrida BMT Xavfsizlik kengashining 5 a`zosi yadro davlatlari — Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Frantsiya tomonidan imzolangan Markaziy Osiyodagi yadrodan xoli hudud haqidagi protokolda o'z amaliyotini topgan.

Shavkat MirziyoYev O'zbekistonning raislik davomidagi muhim vazifalari to'g'risida so'zlar ekan IHTga a`zo davlatlarning intellektual, ilmiy-texnik va texnologik salohiyatini mustahkamlash va taraqqiy ettirish, shuningdek, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi birlashish zaruriyatini ta`kidlab o'tdi.

IHT TIVKning ochilish marosimida, shuningdek, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham nutq so'zladi. Vazir O'zbekiston TIVKning amaldagi raisi sifatida o'z sheriklari bilan hamkorlikda IHT salohiyatini yanada kengaytirish va hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga munosib hissa qo'shish hamda Tashkilot Nizomida belgilangan oliy maqsadlarni amalga oshirishga ko'maklashishga umid bildirdi.

"Xavfsizlik masalasini hal etishda IHTga a`zo davlatlarning birdamligini ta`minlash, ular o'rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi kurashda ularning kuchlarini birlashtirish muhim rol o'ynaydi", — ta`kidladi vazir.

Toshkentdagi yig'ilish davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar, xususan, IHT kun tartibining asosiy masalalari aks etgan Toshkent deklaratsiyasi, tashkilot TIVKda O'zbekiston raisligining ustuvorliklarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

IHT 1969 yilning sentabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta`minlash uchun tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom konferensiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat a`zo hisoblanadi. O'zbekiston ushbu tashkilotga 1996 yilda a`zo bo'lib kirgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031