Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 148           Дата: 18-10-2016, 13:27          
Toshkentda jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda

Toshkentda 16-22 oktabr kunlari buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlangan jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 ming AQSh dollari bo'lgan mazkur turnir tezkor shaxmat yo'nalishida o'tkazilib, unda jahon shaxmat yulduzlari – XVII jahon chempioni (2004 yil) o'zbekistonlik Rustam Qosimjonov, XVI jahon chempioni (2002 yil) ukrainalik Ruslan Ponamarov, Jahon kubogi g'olibi (2013 yil) isroillik Boris Gelfand, rapid yo'nalishi bo'yicha 2013 yilgi jahon chempioni ozarboyjonlik Shahriyor Mamedyorovlar ishtirok etmoqda.

Musobaqa 4 davrada o'tkazilib, yig'ilgan ochkolar soni bo'yicha g'olib aniqlanadi.

Shu munosabat bilan kuni kecha shaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda ta`kidlanganidek, Xalqaro shaxmat federatsiyasiga (FIDe) a`zo davlatlarning soni esa 170 tani tashkil etadi. Shubhasiz, O'zbekiston ham ana shunday mamlakatlar sirasiga kiradi.

O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi a`zosi Olimjon O'sarovning ma`lum qilishicha, mustaqillik sharofati bilan mamlakatda sportning mazkur turini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi. 1996 yilning mart oyida O'zbekiston shaxmat federatsiyasi tashkil etildi va maktabgacha ta`lim muassasalari, maktablar, oliy o'quv yurtlari, yozgi dam olish maskanlarida ham shaxmat to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilib, ularda mahoratini oshirgan o'g'il-qizlar "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o'yinlarida hamda o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi respublika chempionatlarida toblandilar. O'ziga xos bo'lgan bunday noyob tizim xalqaro musobaqalarda o'zbekistonlik shaxmatchilar erishayotgan yutuqlar uchun poydevor vazifasini o'tadi. Natijada qisqa vaqt ichida o'nlab o'zbek shaxmat ustalari jahon chempioni, degan yuksak nomga sazovor bo'lishdi. Rustam Qosimjonov, Nodir Abdusattorov, Javohir Sindarov, Shamsidin Vohidov aql-zakovat bahsida dunyoda tengsiz ekanligini namoyish etishdi.

Toshkentda jahon shaxmat yulduzlari ishtirokida xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн