Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 113           Дата: 18-10-2016, 13:01          
Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanmoqda

2016 yilning 18 oktabr kuni Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov «Toshkent shahrida 2016-2017 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va issiqlik energiyasi bilan ta`minlash to'g'risida»gi 938-sonli qarorga imzo chekdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu qarorga ko'ra, O'zbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratish, ijtimoiy soha ob`Yektlarida xizmat ko'rsatish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta`minotidan foydalanuvchi iste`molchilarni issiqlik bilan ta`minlashga o'tiladi.

«Toshkent issiqlik elektrmarkazi», «Toshkent issiqlik markazi», «Toshissiqquvvati» IChB UKga markazlashgan issiqlik tizimining barcha qismlarini tekshirish imkoniyatini ta`minlash uchun 18 oktabrdan Toshkent shahar issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakatini ishga tushirish vazifasi topshirilgan.

Qarorda issiqlik ta`minoti, ijtimoiy soha ob`Yektlari rahbarlariga tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ijtimoiy soha ob`Yektlari, xususan, ta`lim muassasalari, kasalxona va poliklinikalarni 2016 yil 19 oktabrdan, aholi turar-joy binolarini esa 20 oktabrdan muntazam isitishga kirishishni tashkil etish topshirilgan.

Shuningdek, tegishli tashkilotlarga shaharda 2016-2017 yilgi isitish mavsumi davrida uzluksiz tabiiy gaz, suv ta`minoti va elektr energiyasini Yetkazib berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga ko'p kvartirali uylarda issiqlik ta`minoti tizimining barqaror ishlashi uchun mutasaddi xodimlar va aholi tomonidan qoidalarning buzilishiga yo'l qo'ymaslikni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031