Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Narpayda voz kechilgan chaqaloqni 1,5 million so‘mga sotishga uringan doya qo‘lga olindi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 472           Дата: 6-12-2015, 17:11          

Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruq bo‘limida doya bo‘lib ishlovchi ayol voz kechilgan chaqaloqni 1,5 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Narpay tumani xaritada. Skrinshot: Google Maps

Ma’lum bo‘lishicha, tez orada turmushga chiqishi kerak bo‘lgan yosh ayol homilasini tushirish maqsadida tug‘uruq bo‘limiga yordam so‘rab kelgan va doya ayolga uchragan. Doya yordam so‘rayotganning homiladorligi siri ochilmasligi uchun, uni birorta xoliroq uyga joylashtirib, o‘sha yerda tug‘dirtirishga qaror qilgan.

Doya hali tug‘ilmagan farzandidan voz kechishga tayyor ayolni tug‘uruqxonada farrosh bo‘lib ishlovchi shaxsning uyiga olib borib joylashtiradi, ertasiga farzandidan voz kechish niyatida bo‘lgan ayol qizcha tug‘adi. Doya va farrosh xizmat haqiga 600 ming so‘m oladi, tuqqan ayol Navoiyga qaytib ketadi.

Shundan so‘ng farrosh yangi tug‘ilgan chaqaloqni bola qidirib yurgan tanishlaridan biriga sotishni taklif qiladi, doya ayol bu fikrni ma’qullab, chaqaloqning narxini 1,5 million so‘m etib belgilaydi. Farrosh ayol xaridorga chaqaloq borligini aytgunicha, chaqaloq o‘lib qoladi, biroq xaridor baribir bolani ko‘rsatishni talab qiladi.

“Noiloj qolgan farrosh ayol xaridorni uyiga ergashtirib keladi. Bu paytda ularning ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ham kirib keladi. Doya va farrosh aybini bo‘yniga olib, qilmishlarini aytib berishga majbur bo‘ldi”, — deb yozadi gazeta.

“Huquq” gazetasining qayd etishicha, “mazkur ishni ko‘rib chiqqan sud, aybdorlarning har biriga tegishli jazo tayinladi”.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн