Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bugun - Samarqand shahri kuni

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 120           Дата: 18-10-2016, 09:00          
Bugun - Samarqand shahri kuni

Har yili 18 oktabr kuni bo'lib o'tadigan Samarqand kuni bu yil yigirmanchi marta nishonlanmoqda.

Shahar kuni arafasida Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat markazidagi "Esperanto" xalqaro do'stlik to'garagi faollari "Samarqand haqida so'z" deb nomlangan xalqaro maktublar kunini tashkil etishdi.

Esperantochilar ushbu tadbirga Samarqand ularning hayotida u yoki bu tarzda iz qoldirgan barchani taklif etishdi va shaharga o'z tilaklarini izhor etishlarini so'rashgan.

Aktsiya qatnashchilari shahar haqida hikoyalar, she`rlar, qo'shiqlar va o'z taassurotlarini yo'llashgan.

Shahar va shaharliklarni qutlab bitilgan maktublar Gruziya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Bangladesh, Frantsiya, Ispaniya, Tayvan va boshqa ko'plab mamlakatlardan kelmoqda.

"Bunga ancha bo'lgan bo'lsa-da, O'zbekistonga va Samarqandga kelganimda hayratda qolganligimni hozirgacha kechagidek eslayman. Shahar haqida gid menga ko'p narsalarni hikoya qilib bergandi. Gruziyaga qaytganimdan so'ng Samarqand haqidagi ko'plab kitoblarni o'qib chiqdim. "Samarqandga qasida" she`rini gruzin tiliga o'girish imkoniyatini qo'lga kiritganimda esa o'zimni yana bir marta baxtli his qildim", — deb yozgan Gruziyaning Rustavi shahridan Galina Dugashvili.

"Men Samarqandga uzoq 1975 yilda Chexiyada sotsializm hukm surgan davrda kelganman. Har safar men bu go'zal suratni – Registon maydonidagi moviy madrasani ko'rganimda xayolimda o'sha sayohatim jonlanadi", deya eslaydi Liba Gabalda.

Ushbu bayram nishonlanishining tashabbuskori O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bo'lgan. 20 yil oldin shu kuni shaharga Amir Temur ordeni topshirildi. Shundan buyon har yili bu sana keng nishonlab kelinmoqda.

Shahardagi Registon majmuasi, Amir Temur, Bibixonim, Oqsaroy, Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr, Bibixonim masjidlarida ta`mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Ular atrofi obodlashtirilib, yangi bog' va xiyobonlar tashkil etildi. YuNeSKOning 2001 yil Finlyandiyada o'tkazilgan 25 sessiyasida Samarqanddagi mazkur me`moriy-tarixiy yodgorliklar va boshqa obidalar Jahon merosi ro'yxatiga kiritildi.

Bugungi kunda Samarqand shahrida 3 shaharcha, 219 mahalla fuqarolar yig'ini faoliyat ko'rsatmoqda. 88 umumta`lim maktabi, qirqta akademik litsey va kasb-hunar kolleji, Yettita oliy o'quv yurtida yoshlar zamon talablari darajasida ta`lim-tarbiya olib, kasb-hunar egallamoqda.

1997 yildan buyon Samarqand shahri dunyo miqyosidagi yirik san`at anjumani - “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн