Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O'zbekiston havo yo'llari” chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 122           Дата: 17-10-2016, 17:20          
“O'zbekiston havo yo'llari” chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin

2016 yilning 18 oktabridan “O'zbekiston havo yo'llari” Milliy aviakompaniyasi aviachiptalarni onlayn-bronlash va ular uchun UzCard bank kartochkalari vositasida haq to'lash bo'yicha xizmatlar turini kengaytiradi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Endi istalgan vaqtda uydan yoki ofisdan turib, siz respublika ichidagi, shuningdek, yaqin va uzoq sharq mamlakatlariga aviachiptalarni mustaqil ravishda rasmiylashtirishingiz mumkin.

Buyurtmani rasmiylashtirish tartibi oddiy va tushunarli. Buning uchun siz aviakompaniya saytiga kirishingiz kerak. Xizmatlar aviachiptalar sotishning amaldagi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi va UzCard plastik kartalari vositasida aviachiptalar uchun haq to'lanadi. Keyingi bosqichda VISA va Mastercard valyuta plastik kartalari yordamida haq to'lash tizimini amalga tatbiq etish rejalashtirilgan.

Internet orqali bronlash va haq to'lash muvaffaqiyatli amalga oshirilganda, bronlash paytida ko'rsatilgan elektron manzilga va mobil telefonga elektron chiptaning yo'nalish chop etilgan shaklini olasiz, unda Sizning safaringiz haqida batafsil ma`lumotlar aks etadi, shuningdek, xarid tasdiqlangani va UzCard plastik kartochkasidan mablag' Yechib olingani to'g'risida SMS-xabar ham olasiz.

Uchib ketish aeroportida elektron aviachiptaning chop etilgan shaklini va yo'lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasportni) ko'rsatish kifoya.

Internet orqali bronlash va haq to'lash qatnov uchib ketishidan kamida 3 soat oldin amalga oshirilishi mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн