Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Adolat» SDPdan O'zbekiston Prezidentligiga Narimon Umarov nomzodi tasdiqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 159           Дата: 16-10-2016, 13:37          
«Adolat» SDPdan O'zbekiston Prezidentligiga Narimon Umarov nomzodi tasdiqlandi

15 oktabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP)ning VIII qurultoyi bo'lib o'tdi.

Qurultoyda O'zbekiston partiyaning O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi va uning saylovoldi dasturi to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

195 nafar delegat ishtirok etgan qurultoyda partiya siyosiy kengashining 17 sentabrida bo'lib o'tgan plenumi qaroriga muvofiq, kengash raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Narimon Umarovni O'zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surish masalasi muhokama qilindi.

Delegatlar partiyaning O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi N.Umarov Yetarli hayotiy tajribaga ega ekani, safdoshlari orasida obro'-e`tibor qozonganini inobatga olgan holda bo'lajak saylovda ishtirok etish uchun munosib nomzod ekanini qayd etdi.

Delegatlar «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi qonunning 24 va 242-moddalariga muvofiq, «Adolat» SDPdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Narimon Majitovich Umarovni nomzod etib ko'rsatish to'g'risidagi taklifni qo'llab-quvvatladi.

Shundan so'ng qurultoy qatnashchilari nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishdi. Ular tomonidan ma`qullangan dastur partiyaning markaziy va quyi bo'linmalariga saylovoldi targ'iboti o'tkazishda foydalanish uchun tavsiya etildi.

Qurultoy yakunida delegatlar «Adolat» SDPdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'rsatilgan nomzodni ro'yxatga olishni so'rab O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan hujjatlarni o'z vaqtida taqdim qilish masalasiga to'xtalib o'tdi.

Ma`lumot uchun, O'zbekiston Prezidenti saylovi 4 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Bungacha O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O'zbekiston Prezidentligiga Hotamjon Ketmonov nomzodi tasdiqlangan edi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн