Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Sud: Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari - bu boradagi qonun talablari hayotga tatbiq etilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 130           Дата: 14-10-2016, 19:50          
Oliy Sud: Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari - bu boradagi qonun talablari hayotga tatbiq etilmoqda

Xalqimiz inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish sari dadil odimlamoqda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ushbu g'oyaning mustahkamlab qo'yilgani bu jarayonni ro'yobga chiqarishning ishonchli kafolatidir.

Bosh Qomusimizning 35-moddasida belgilanganidek, har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart.

Konstitutsiyamizning 44-moddasida esa, har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi belgilab qo'yilgan.

Ta`kidlash joizki, yurtimizda fuqarolarning murojaatlari bilan bog'liq barcha masalalar ushbu konstitutsiyaviy me`yorlar va bosh­qa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib kelinmoqda. Bu haqda so'z borganda, avvalambor, mustaqillikning ilk yillarida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi qonun muhim ahamiyat kasb etganini alohida qayd etish o'rinlidir.

Ayni chog'da, sohaning mustahkam huquqiy asosi muntazam takomillashtirib borilmoqda. Xususan, 2014 yil 14 mayda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida"gi qonunga asosan Fuqarolik protsessual kodeksining 310, 320, 346 va 3481-moddalari yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko'ra, sud qarorlariga nisbatan nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar, balki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar ham shikoyat (ariza) bilan murojaat qilish huquqiga ega bo'ldilar.

Buning natijasida sudlarda ko'rilayotgan nizo turlari, jumladan, iqtisodiyot, mulk va meros bilan bog'liq murojaatlar soni oshib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, fuqarolarning buzilgan huquqlarini sud orqali tiklashga bo'lgan ishonchi tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Ke­zi kelganda ta`kidlash joizki, sudlar har bir murojaat ortida inson va uning taqdiri turganini inobatga olgan holda, ularni o'z vaqtida qonuniy hal etish, adolatli qa­rorlar qabul qilinishiga mas`uliyat bilan yondoshmoqlari lozim.

Shu bilan birga, 2014 yil 4 dekabrda amalga kiritilgan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonun manfaatdor shaxslarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini takomillashtirishga qaratilgani bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonun mazkur sohadagi qonunbuzilishi holatlari uchun javobgarlikni belgilash bilan birga, fuqarolarning, shuningdek, davlat organlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish imkoniyatini kengaytirdi va ularning so'rovini ko'rib chiqish tartibini takomillashtirdi.

Eng asosiysi, ushbu hujjat jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, ularning ariza va shikoyatlar, davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar bilan davlat organi va muassasalariga, fuqarolar o'zini o'zi bosh­qarish organlariga murojaat qilish huquqlarini yanada mustahkamladi.

Qonunda murojaatlarning shakl va turlari, ularga nisbatan qo'yiladigan talablar, bu borada ommaviy axborot vositalarining o'rni, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish tartibi belgilangan. Ayni chog'da, murojaat etish huquqlarining kafolatlari, murojaatlarni berish va ularni ko'rib chiqish muddatlari hamda ularni ko'rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari, davlat organlarining majburiyatlari qayd etilgan.

Ushbu qonun bilan murojaatlarni qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish, yozma yoki elektron shaklda javob yubormaslik ma`muriy yoxud jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

Qonunning amaliy ijrosi xususida to'xtaladigan bo'lsak, umum­yurisdiksiya sudlari tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta`minlash borasida keng ko'lamli ishlar qilinayotganini ta`kidlash lozim. Shu o'rinda e`tiboringizni jismoniy va yuridik shaxslarning sudlarga murojaatlariga qaratmoqchiman.

Misol uchun birgina 2016 yilning o'tgan davrida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga jismoniy va yuridik shaxslardan 18 mingtadan ortiq murojaat, umuman aytganda, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha respublika sudlariga esa, jami 85 ming 603 ta murojaat kelib tushgan.

Shu davrda Oliy sudda 3 ming 242 nafar jismoniy va yuridik shaxs vakillari qabul qilindi. Shundan, 1 ming 435 nafar shaxs bevosita Oliy sud rahbariyati tomonidan qabul qilingan bo'lib, murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan 674 ta sud qaroriga nisbatan protestlar keltirildi.

Ushbu qonunning 2-moddasida, qonunning amal qilishi — ko'rib chi­qish tartibi ma`muriy javobgarlik to'g'­risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo'jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga tatbiq etilmasligi belgilangan.

Shu sababli fuqarolarning ma`muriy javobgarlik, fuqarolik, jinoyat yoki xo'jalik ishlari bilan bog'liq murojaatlari protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda ko'rib chiqiladi.

Qonunchilikdagi muhim yangiliklardan yana biri — murojaatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berish hu­quqiy jihatdan mustahkamlanganidir. Shu bilan birga, qonunda jismoniy shaxslar va yuridik shaxs­larning vakillarini qabul qilish jadvallari va uni o'tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to'g'risidagi axborot, shuningdek, qabul qilish tartibini davlat organlari rasmiy veb-saytlarida e`lon qilish, ularning ma`muriy binosida hamma kirishi mumkin bo'lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e`tiboriga Yetkazish ham nazarda tutilgan.

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonun qabul qilingach, Oliy sudning bu sohadagi me`yoriy-huquqiy hujjatlari ushbu qonun va Vazirlar Mahkamasining "Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to'g'risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori talablariga muvofiqlashtirildi.

Jumladan, Oliy sud Plenumining "Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko'rib chiqish amaliyoti haqida"gi qaroriga tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Shuningdek, "Jismoniy va yuridik shaxslarning protsessual bo'lmagan murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish tartibi to'g'risida"gi Yo'riqnoma ishlab chiqilib, amalga kiritildi.

Qonun talabiga muvofiq, barcha sudlarda mavjud fuqarolarni qabul qilish xonalari qayta jixozlanib, qabul kuni va tartibi haqidagi zarur ma`lumotlar fuqarolarga qulay bo'lgan joylarga joylashtirildi. Barcha sudlarning qabul kunlari haqidagi ma`lumotlar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining veb-saytiga joylashtirilgan.

Shu bilan birga, Oliy sud rahbariyatining joylarda fuqarolar qabulini o'tkazish tartibi yo'lga qo'yildi. Sayyor qabullar barcha viloyatlarda fuqarolar oldindan xabardor qilingan holda o'tkazib kelinmoqda. Joriy yilning o'tgan davrida 265 nafar jismoniy va yuridik shaxs vakillari ana shu asnoda qabul qilindi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, sudlar faoliyatiga joriy etilgan "E-Sud" milliy elektron sud ish yurituvi tizimi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilishi uchun yanada qulay imkoniyat yaratdi. "E-Sud" elektron tizimi orqali sudlarga to'g'ridan-to'g'ri elektron tarzda ariza, da`vo arizalari va boshqa hujjatlarni yuborish mumkin.

Bugungi kunda fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek, Yakkasaroy, Shayxontohur tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Bekobod, Ohangaron, Yuqori Chirchiq va Chirchiq shahar sudlarida "E-Sud" tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Mazkur tizim joriy etilganidan buyon jismoniy va yuridik shaxslardan 124 ming 597 ta murojaat elektron tarzda qabul qilib olindi.

Shuningdek, axborot ayirboshlashning himoyalanganligini ta`minlash, qog'ozni tejash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o'zaro hamkorlik aloqalari samaradorligini oshirish maqsadida Oliy sud tizimida "Ye-xat" himoyalangan korporativ elektron pochtasi ishga tushirilganidan tashqari internet tarmog'idagi veb-saytimizda "Internet qabulxona" tashkil etilgan bo'lib, fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda elektron tarzda qabul qilinmoqda va ularning xohishiga qarab javoblar shu tarzda yoki qog'oz shaklda berib borilmoqda.

Yana bir muhim masala: yaqinda O'zbekiston hukumati portalida tashkil etilgan mamlakatimiz Bosh vazirining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali murojaatlarni elektron shaklda qabul qilish va o'z vaqtida ko'rib chiqish tartibining joriy qilingani, hech shubhasiz, bu boradagi ishlar samaradorligini ta`minlashda muhim omil bo'lmoqda. Aytish mumkinki, bu tizimning samarali faoliyat yuritishi kelgusida jamiyatimizda qonun ustuvorligining mustahkam qaror topishi yo'lida muhim amaliy qadamdir.

Bugun minglab yurtdoshlarimiz hal etilmagan masalalar, ayrim muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bilan to'g'ridan-to'g'ri mamlakatimiz Bosh vaziriga murojaat qilmoqda. Barcha sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng tatbiq etilayotgani bu xalqimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshib, huquqiy madaniyati yuksalib borayotganining isbotidir.

Ana shu elektron murojaatlar orasida cudlar faoliyatiga taalluqli savollar ham bor, albatta. Qisqa davrda ushbu virtual qabulxona orqali Oliy sudga 2000 ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Bu turdagi har bir murojaat bo'yicha sud raislarining shaxsiy mas`ulligi belgilangan. Murojaatlar yuzasidan to'liq va har jihatdan asoslantirilgan ma`lumotlarni o'z vaqtida taqdim etish, qat`iy hisobini yuritish va tahlil qilish vazifalari alohida nazoratga olingan bo'lib, ijrosi so'zsiz ta`minlanmoqda.

Ma`lumki, joriy yilning 4 dekabrida mamlakatimizda ulkan ijtimoiy-siyosiy voqea — O'zbe­kis­ton Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tadi.

Ushbu saylovni umume`tirof etilgan xalqaro me`yorlarga muvofiq tarzda erkin, ochiq-oshkora va adolatlilik tamoyillariga asoslangan holda, yuksak demokratik talablar asosida o'tkazishga barchamiz birdek mas`ulmiz.

Zotan, saylov jarayoni bilan bog'liq har bir murojaatni o'z vaqtida qabul qilish, belgilangan mud­datda va tartibda ko'rib chiqib, mazmunan hal etish muhim vazifamizdir.

Shu ma`noda sudlarga saylov qonunchiligi bilan bog'liq murojaatlarni ko'rib chiqish to'g'risida tegishli yo'nalishlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Xulosa qilib aytganda, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi qonun fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalashda mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Zero, ushbu qonun hujjatlarini amaliyotga to'g'ri tatbiq etish, jamiyatimizda qonun ustuvorligi, tartib-intizom, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlashning muhim omilidir.

Aziz Obidov, O'zbekiston Respublikasi
Oliy sudi matbuot kotibi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031