Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisi o'z ishini yakunladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 144           Дата: 13-10-2016, 09:22          
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisi o'z ishini yakunladi

2016 yil 12 oktabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a`zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo'ldoshev boshqardi.

Senatorlar o'z ishini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga muvofiq parlamentning yuqori palatasiga kiritilgan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan amnistiya to'g'risida”gi masalani ko'rib chiqishdan boshladilar.

Yalpi majlisda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi. Barcha ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Senatning yalpi majlisi davomida demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich chuqurlashtirishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan 10 ta masala, shu jumladan, 4 ta qonun ko'rib chiqildi. Ularning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, mamlakatda barqarorlik va farovonlikni mustahkamlash uchun kuchli omil bo'lib xizmat qiladi.

Shuning bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisi o'z ishini yakunladi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031