Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish mas`uliyati yanada kuchaytiriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115           Дата: 13-10-2016, 09:22          
O'zbekistonda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish mas`uliyati yanada kuchaytiriladi

2016 yil 12 oktabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisi bo'lib o'tgani haqida xabar qilingan edi. Unda, senatorlar O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan taklif etilgan “Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturini ijro etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunini ko'rib chiqdilar.

Ushbu qonun aholining ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishning umumiy talablari va asosiy yo'nalishlarini aniqlab olish, shuningdek, davlat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlari va tadbirkorlik sub`Yektlarining ushbu sohadagi roli va javobgarligini oshirish maqsadida qabul qilinganligi ta`kidlandi. Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish jarayoni ustidan monitoring yuritish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari nazarda tutilmoqda.

Qonun aholining ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifati, darajasi va samaradorligini oshirishga, ularning manfaatlarini himoya qilishga doir kafolatlarni mustahkamlab qo'ygan yaxlit hujjatdir.

Mazkur huquqiy hujjatda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish samaradorligini oshirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari aniq belgilab qo'yilgan, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj aholi toifalari aniqlab berilgan, ularni aniqlash mezonlari va tartibi belgilangan.

Qonunda, ayniqsa, ta`lim, ishga joylashtirish va sog'liqni saqlash sohalarida ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish shakllari hamda turlari muhim o'rin egallaydi, ushbu sohadagi idoralararo hamkorlik va ijtimoiy sheriklik masalalari tartibga solinmoqda.

Huquqni qo'llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini inobatga olgan holda aholining ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoya qilinishini ta`minlash, ularga xizmatlar ko'rsatish borasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarning, shu jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining, tadbirkorlik sub`Yektlarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda majburiyatlari aniq belgilab berilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonun normalarining ro'yobga chiqarilishi ijtimoiy himoya qilish tizimi jamoatchilik nazorati uchun ochiq bo'lishini ta`minlaydi, nafaqat aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish jarayonini tartibga solishga, balki fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga, ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga, mamlakatda amalga oshirilayotgan ko'lamdor kuchli ijtimoiy siyosat davom ettirilishini ta`minlashga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031