Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Vazirlar Mahkamasi Ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi loyihalarini muhokama qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 162           Дата: 13-10-2016, 09:22          
Vazirlar Mahkamasi Ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi loyihalarini muhokama qildi

2016 yil 12 oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat MirziyoYev raisligida Vazirlar Mahkamasining majlisi bo'lib o'tdi.

O'zA xabariga ko'ra, majlisda kelgusi yilning eng muhim moliyaviy-iqtisodiy hujjatlari bo'lgan – 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozlari, soliq va byudjYet siyosati konsepsiyalari, O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjYeti hamda Ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi loyihalari har tomonlama muhokama qilindi hamda qo'shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Majlis davomida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan 2017 yilgi makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi bo'yicha takliflar muhokama qilindi va qo'llab-quvvatlandi. Ularda yalpi ichki mahsulotni, investitsiyalar, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish, qurilish ishlari va xizmatlar ko'rsatish hajmlarining jadal o'sish sur`atlarini hamda narxlarning umumiy darajasi o'sishini saqlash hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikka erishish nazarda tutilgan.

Majlisda 2017 yilda soliq va byudjYet siyosatini yanada takomillashtirish bo'yicha soliq ma`murchiligini takomillashtirishni, mahalliy byudjYetlarning va maqsadli byudjYetdan tashqari fondlarning daromad qismini mustahkamlashni, shuningdek, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini moliyalashtirishning ustuvorligi saqlanishini nazarda tutuvchi takliflar birma-bir ko'rib chiqildi.

Majlisda 2017 yilgi Davlat byudjYeti xarajatlarining asosiy parametrlariga alohida e`tibor qaratildi. Ishlab chiqilgan Davlat byudjYeti loyihasida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishga qariyb 60 foiz mablag'lar ajratilishi ushbu loyihada yuqori ijtimoiy yo'naltirilganlik saqlanib qolgani qayd etib o'tildi. Kelgusi yilda byudjYet sohasi xodimlari ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini yanada oshirish, ta`lim, sog'liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasi va jihozlanganligini mustahkamlashga oid ishlarni davom ettirish nazarda tutilmoqda.

Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimliklari rahbarlari oldiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini tizimli ko'rib chiqish va mustahkamlash, byudjYet va byudjYetdan tashqari maqsadli jamg'armalarga to'lovlar bo'yicha o'z vaqtida hisob-kitoblarni ta`minlash vazifasi qo'yildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklariga yangi korxonalarni ishga tushirish va mavjud korxonalar faoliyatini kengaytirish, kichik biznes va xizmat ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirishni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash hisobiga mahalliy byudjYet daromad qismini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bandlikni oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni faol davom ettirishning muhimligi va ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda respublika Hukumati majlisida 2017 yilda Ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi loyihasi parametrlari har tomonlama va chuqur tahlil qilindi.

Majlisda, shuningdek, yoshlarni, eng avvalo, 2016/2017 o'quv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta`minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Respublika Hukumati majlisidagi muhokamalar natijalari bo'yicha 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi, soliq va byudjYet siyosati konsepsiyalari, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjYetining hamda Ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi loyihalari ma`qullandi va ularni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ko'rib chiqish uchun yuborishga qaror qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн