Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 117           Дата: 12-10-2016, 21:16          

Yakunlanib borayotgan 12 oktabr O'zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjYestida.

Rossiyaning yana bir shahridan Toshkentga aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Ural Airlines

Rossiyaning «UralskiYe avialinii» aviakompaniyasi shu yilning 4 noyabridan boshlab Chelyabinsk-Toshkent yo'nalishi bo'yicha parvozlarni yo'l qo'yishni rejalashtirgan. Bu haqda, «Chelyabinsk» xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Batafsil.

Oliy Majlis Senati Amnistiya to'g'risidagi aktni qabul qildi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Senat.uz

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiyani qo'llash to'g'risidagi aktni qabul qildi, deb xabar berdi 1news.uz sayti.

Batafsil.

IShID Iroqda dronlardan foydalana boshladi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: EPA

Iroqda IShID jangarilarining portlovchi moddalar joylangan drondan foydalanishi oqibatida ikki nafar fran(s)uz askari jiddiy jarohatlangan, deb xabar qiladi Reuters agentligi.

Batafsil.

Singapur o'z harbiylarini Avstraliya bazalarida tayyorlaydigan bo'ldi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Singapur qurolli kuchlari o'z harbiy xizmatchilarini Avstraliya hududida tayyorlaydi. 12 oktabr, chorshanba kuni Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull va Singapur bosh vaziri Li Syan Lun o'rtasidagi muzokaralar yakunida shunga kelishildi. Ternbullning ma`lum qilishicha, bunga doir bitim 13 oktabr, payshanba kuni imzolanadi, chunki ikki mamlakat ekspertlari bir qator texnik detallarni "rasmiylashtirishlari zarur".

Batafsil.

Isroil bir kunga tashqi dunyo bilan aloqalarini uzdi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Fotolia

Isroilliklar bir kunga tashqi dunyo bilan aloqalarini uzib, odatdagi faoliyatlariga chek qo'yishdi.

Batafsil.

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingi taqdim etildi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: weforum.org

Jahon iqtisodiyot forumi (JIF) ekspertlari dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari nomini aniqlashdi. 141 davlatdan iborat reytingda Yetakchilik Finlyandiyaga nasib etdi. Bu haqida JIF hisobotida ma`lum qilindi.

Batafsil.

NazarboYev bir muddat xalqaro uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: © RIA Novosti

Qozog'iston prezidenti Nursulton NazarboYev kelgusi haftada xalqaro anjumanlarda ishtirok eta olmaydi. Prezident matbuot kotibi Aydos Ukibayning so'zlariga ko'ra, bunga davlat rahbarining shamollab qolgani sabab bo'lgan.

Batafsil.

Sayyohlarni xona tozalashga majbur qilgan mehmonxona egasi qo'lga olindi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: RIA

Politsiya bepul yashash evaziga boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarga xonalarini tozalashni majbur qilgan Yaponiya shimolidagi mehmonxona egasini hibsga oldi. Bu haqida TASS agentligi ma`lum qildi.

Batafsil.

Tatyana va Lola Karimova Minor masjidini ziyorat qilishdi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Vakillik.uz

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning turmush o'rtog'i Tatyana Karimova va qizlari Lola Karimova 2016 yil 10 oktyabr kuni shahrimiz markazida qad rostlagan “Minor” jome masjidini ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurdi.

Batafsil.

Buyuk Britaniyada o'quvchi o'zi ta`lim olayotgan maktabni yoqib yubordi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Telegraph

Buyuk Britaniyaning Bredford shahrida boshlang'ich katolik maktabida ta`lim oluvchi o'quvchiga o'qituvchisi xayfsan e`lon qilgan. Bundan bolaning shu qadar jahli chiqqanki, u o'ch olishni rejalashtirib, maktab binosiga o't qo'ygan.

Batafsil.

WikiLeaks Klinton saylov kampaniyasi rahbari maktublarining navbatdagi qismini chop etdi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: REUTERS

WikiLeaks portali AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylov kampaniyasi rahbari Jon Podesta maktublarining 4-qismini chop etdi. Bu haqda WikiLeaks tvitteridama`lum qilingan.

Batafsil.

Xitoy Facebook ijtimoiy tarmog'iga ruxsat berish uchun o'z shartini ilgari surdi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: © AP

XXR hukumati mamlakat hududidan Facebook tarmog'iga ulanish imkonini berishga tayyor. Buning uchun, ijtimoiy tarmoq rahbariyati mamlakat qonunchiligiga rioya qilishi kerak. Xitoy internet ishlari bo'yicha devoni rahbari o'rinbosari Jen Syanlyan maxsus matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.

Batafsil.

O'zbekiston armrestling bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatining kuchli o'ntaligidan joy oldi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Federa(ts)iya armrestlinga Uzbekistana

1-10 oktyabrda Bolgariyaning BlagoYevgrad shahrida armrestling bo'yicha 38- va para-armrestling bo'yicha 19-jahon chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqalarda 52 ta davlatdan 1200 ga yaqin sportchi, jumladan o'zbekistonlik 29 sportchi ishtirok etdi, deb ma`lum qilindi O'zbekiston armrestling federa(ts)iyasida "Gazeta.uz" nashriga.

Batafsil.

"Barselona" va "Real" o'rtasidagi "El-Klassiko" sanasi ma`lum bo'ldi

Kechki dayjYest: 12 oktyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Pbcc

Ispaniya chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Real" uchrashuvi sanasi ma`lum bo'ldi.

Batafsil.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031