Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Surhondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 305           Дата: 12-10-2016, 17:46          
Shavkat MirziyoYev Surhondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat MirziyoYev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq ho'jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 11 oktyabr' kuni Surhondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.Bu haqda uza.uz habar bermoqda.

Shavkat MirziyoYev Surhondaryo viloyatiga safarini Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ushbu vohaga tashrifini odatda mazkur muqaddas qadamjoni ziyorat qilishdan boshlar edi. Islom Karimov tashabbusi bilan buyuk alloma abadiy qo'nim topgan ushbu maskanda keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, ziyoratchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.

Shundan so'ng Shavkat MirziyoYev bojhona terminali ham bo'lgan «Termez Cargo Sentre» halqaro logistika markazi va bu Yerda tashkil etilgan avtokemping faoliyati bilan tanishdi.

Katta miqdordagi yuklarga ishlov berish va ularni tushirish-ortish ishlari amalga oshiriladigan mazkur korhona hududida bojhona terminali binosi, 300 katta yuk mashinalariga mo'ljallangan joy, avtomobillarga yoqilg'i quyish stantsiyasi, konteyner va boshqa yuklarni saqlash omborlari joylashgan, bu Yerga temir yo'l liniyasi olib kirilgan.

Markazga tashrif buyuradiganlarning dam olishi uchun mazkur hududda barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy mehmonhona, restoran, suzish havzasi, fitnes-markaz, mini-market faoliyat ko'rsatmoqda.

Shavkat MirziyoYev, shuningdek, mamlakatimiz janubiy sarhadlaridagi chegara postlaridan birida bo'lib, davlatimiz sarhadlarini yanada mustahkamlash, harbiy hizmatchilar uchun sharoitlarni bundanda yahshilash zarurligini qayd etdi.

Mutahassislar Termiz shahri mavzelaridan birida kam ta`minlangan va yosh oilalar uchun yaqin yillarda qurilishi rejalashtirilayotgan ko'p qavatli zamonaviy uylar loyihalari bilan tanishtirdi.

Qishloq joylarda kam ta`minlangan oilalar uchun mo'ljallangan yakka tartibdagi zamonaviy, ihcham uy-joylar loyihalari ham ko'rib chiqildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн